Yoşlar işlari agentligi tomonidan ötkaziladigan mazkur tanlovida iştirok etiş uçun @reg_tanlovbot telegram boti orqali röyxatdan ötiş kerakligi ma'lum qilindi.
Yoşlar işlari agentligi tomonidan har yili ötkazib kelinayotgan «Yoş kitobxon» respublika tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda. Bu haqida agentlik axborot xizmati ma'lum qildi.
Tanlovda iştirok etiş uçun @reg_tanlovbot telegram boti orqali röyxatdan ötiş va qöşimça ma'lumotlar bilan tanişib boriş mumkin. Şuningdek, tanlovning nizomi bilan uşbu havola orqali tanişing.
Eslatib ötamiz, «Yoş kitobxon» respublika tanlovi 2017 yildan buyon ötkazib kelinadi. Ğolib bölgan yoş kitobxon Prezident sovğasi – «Spark» avtomobili bilan taqdirlanadi.
Tanlovning 2021 yilgi mavsumi ğoliblari: 10-14 yoşlilar örtasida farğonalik Muhammadfozil Ismoilov, 15-19 yoşlilar örtasida toşkentlik Maftuna Umarova va 20-30 yoşli iştirokçilar orasida andijonlik Fotima Mamtaliyeva ğolib bölgan.
Bundan taşqari, Yoşlar işlari agentligi 2021 yildan 30 yoşgaça bölgan yoş oilalar uçun «Yoş kitobxon oila» tanlovini ötkazişni yölga qöydi. Ğolib bölgan yoş oila ham Prezident sovğasi – «Spark» avtomobili bilan taqdirlangan.
Yoşlar işlari agentligi matbuot xizmati Ⓣ












