Uçraşuv çoğida hamkorlikda konlardan gaz qazib oliş böyiça amalga oşirilayotgan qöşma loyihalarni muhokama qiliş qatorida “Özbekneftgaz” AJ tizimidagi xodimlarni sönggi bir neça yil mobaynida malakasini oşiriş sohasida muvaffaqiyatli hamkorlik yölga qöyilgani qayd etildi va joriy yilda ikkala kompaniya kadrlarini tayyorlaş va rivojlantirişga yanada e'tibor qaratişga urğu berildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga 2017 yil 4–5 aprel kunlari amalga oşirgan Davlat taşrifi davomida “Özbekneftgaz” AJ va “Gazprom” AJ örtasida “Kadrlar tayyorlaş va qayta tayyorlaş sohasidagi hamkorlik töğrisida” memorandum bu boradagi aloqalarning asosi hisoblanadi.

Mazkur memorandumga muvofiq, “Özbekneftgaz” AJ Boşqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topşiriği bilan xodimlarning malakasi va bilimlarini oşiriş maqsadida “Gazprom korporativ instituti” tomonidan öquv kurslari taşkil etilmoqda.
Joriy yilning sentabr-oktabr oylarida ötkazilgan navbatdagi “Neft va gaz konlarini razvedkasi va qidiruvining zamonaviy usullari va texnologiyalari”, “Murakkab toğ-geologik, texnologik şaroitda quduqlarni burğilaş va loyihalaştiriş” va “Murakkab geologik tuzilişga ega bölgan va foydalanişi murakkab konlardan uglevodorod xomaşyosini qazib oliş” öquv kurslarida 60 nafar mutaxassis öqitildi.

Şuni alohida ta'kidlaş mumkinki, hamkorlik riştalari natijasida 2021 yilning şu davriga qadar neft-gaz sohasining 7 ta ustuvor yönalişlari böyiça jami 140 nafar xodim öqitilişga erişildi.
Ma'lumot uçun: 2017 yilda “Gazprom” va “Özbekneftgaz” örtasida strategik hamkorlik töğrisidagi bitim imzolangan. 2018 yilning may oyida “Gazprom” va “Özbekneftgaz” örtasida “Şaxpaxta” konini özlaştiriş böyiça Mahsulotni taqsimlaş töğrisidagi №2 bitimga asosan qöşimça kelişuv imzolangan edi. Hujjatda gazni qazib oliş 2024 yilgaça davom ettiriş nazarda tutilgan.
Özbekistonda “Gazprom”ning faoliyatini “Gazprom EP International B.V.” – “Gazprom” AJning uglevodorod konlarini qidiriş, qidiriş va özlaştiriş sohasida xorijiy loyihalarni amalga oşiriş böyiça ixtisoslaşgan kompaniyasi amalga oşiradi. 2018 yilning oktabr oyida “Gazprom EP International” va Özbekiston Respublikasi energetika vazirligi örtasida “Jyel” koni böyiça Mahsulotni taqsimlaş töğrisidagi bitim imzolangan.
“Özbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ











