Amerika qurolli kuçlari bilan hamkorlik qilgan va Vaşington Afğonistonda qoldirib ketgan sobiq ittifoqçilar IŞIDga qöşilmoqda. Bu haqda WSJ öz manbalariga tayanib yozmoqda.
Gap birinçi navbatda AQŞ tayyorlagan razvedkaçilar, josuslar, maxsus kuçlar xodimlari va harbiylar haqida bormoqda. Naşrning yozişiça, ular «Tolibon» qatağoni sababli şunday yöl tutişga majbur bölmoqda.
WSJ suhbatdoşlarining sözlariga köra, IŞID Afğonistondagi yangi hukumatga qarşi kuraşiş bilan birga odamlarni pul bilan öziga jalb etmoqda.
«Agar qarşilik harakati bölganida, ular bu harakatga qöşilgan bölardi», — dedi razvedka sobiq boşliği Rahmatulla Nabil. Uning aytişiça, IŞID toliblarga qarşi kuraşayotgan yagona harakatdir.
1 noyabr kuni Panjşer viloyatining sobiq gubernatori Kabir Vosiq Afğoniston milliy qarşilik fronti toliblarga qarşi janglarni boşlaşga tayyorlanayotganini aytdi.












