Şayx Saboh Xolid al-Hamad as-Saboh boşçiligidagi Kuvayt hukumati iste'foga çiqişni sörab mamlakat amiri şayx Navof al-Ahmad al-Jobir as-Sabohga ariza berdi. Bu haqda Al Qabas gazetasi xabar bermoqda.
“Bir neça daqiqa avval hukumat yiğilişi tugadi. Vazirlar iste'foga çiqişni sörab mamlakat oliy siyosiy rahbariyatiga ariza berdi”, – deya manba sözlaridan iqtibos keltiradi naşr.
Uşbu qarorning sabablari ma'lum qilinmagan.
Qayd etilişiça, iste'foga parlament va vazirlar mahkamasi, boşqaça qilib aytganda, yoşlar va keksalar örtasidagi munosabatlarda davom etayotgan inqiroz sabab bölgan. Ötgan yili dekabrda ötkazilgan parlament saylovlarida 50 örindan iborat parlament tarkibi 60 foizga yangilangandi. Yanvardayoq deputatlar boş vazir Saboh Xolid al-Hamad as-Sabohni vazirlik lavozimlariga malakasiz şaxslarni tanlaganlikda ayblab çiqqandi.
13 yanvarda vazirlar mahkamasi bir oy ham faoliyat körsatmasdan iste'foga çiqqan, martda esa yangi hukumat şakllantirilgandi.












