GESlarda suv hajmining kamligi sababli elektr energiyasi işlab çiqariş körsatkiçlari kamayişi kuzatilmoqda va buning natijasida ayrim hududlarda elektr energiyasi ta'minotida qisqa muddatli uzilişlar kuzatilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.
Izohlanişiça, bu – gidroelektr stansiyalarida elektr energiyasi işlab çiqarişning qisqarişi bilan boğliq bölib, bu ehtiyojni töliq qoplaş uçun zarur miqdorda elektr energiyasi yetişmasligiga olib kelgan.
“Demak, 2019 yilda gidroelektr stansiyalarda işlab çiqariş 6,5 milliard kilovatt-soatni taşkil etgan bölsa, joriy yilda bu körsatkiç ötgan yilgi körsatkiç kabi 5 milliard kilovatt-soatni yoki 1,5 milliard kilovatt-soatga kam (23 foiz)ni taşkil etmoqda.
Mazkur 1 mlrd 200 mln kilovatt-soat elektr energiya bilan respublika aholi iste'molçilarini bir oy mobaynida uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlaş mumkin”, – deya qayd etdi Özbekiston Energetika vazirligi.
Ma'lum qilinişiça, eoriy yilda suv omborlarida belgilangan suv zaxiralari töplanmagani nafaqat Özbekiston, balki qöşni respublikalarda ham kuzatilmoqda.
“Şunga qaramasdan, mamlakatimizda mavjud barça imkoniyatlardan foydalangan holda elektr stansiyalar orqali rejada körsatilgan hajmlarda elektr energiyasi işlab çiqariş çoralari körilmoqda”, – deyiladi rasmiy relizda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğizistondagi yirik “Toqtogul” suv omborida suv sathi “ölik çegara”gaça tuşişi mumkinligi ma'lum bölgandi.












