Ma'lum qilinişiça, 2020 yil iyun oyida Özbekiston 2023 yilda Samarqand şahrida UNWTO Boş Assambleyasini ötkaziş uçun ariza topşirgan. Joriy yil 30 noyabr – 3 dekabr kunlari Madrid şahrida bölib ötadigan UNWTO Boş Assambleyaning 24-sessiyasi ötkaziladi. Unda Özbekiston delegatsiyasi ham qatnaşadi.
Mazkur sessiyada 2023 yilda UNWTO Boş Assambleyasining 25-sessiyasi ötkaziladigan şahar nomi ham tanlanadi. Özbekiston nomzodini qöllab-quvvatlaş maqsadida unda Turizm va sport vazirligi, Taşqi işlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Özbekiston oşpazlar uyuşmasi va “Hunarmand” uyuşmasi vakillari ham qatnaşadi.
Sessiya doirasida Madrid şahrida Özbekiston delegatsiya tomonidan «Özbekiston madaniyati bilan tanişiş» rasmiy qabuli taşkil etiladi. Tadbirda UNWTO Boş Assambleyasining 24-sessiyasi mehmonlari va iştirokçilari Özbekistonning xalq amaliy san'ati mahsulotlari bilan tanişişlari, milliy taomlardan tatib körişlari, hamda milliy folklor jamoalarining çiqişlarini tomoşa qilişlari mumkin böladi.
UNWTO: Dunyodagi har uç yönalişdan biri turizm uçun töliq yopilgan












