O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov tadbirni mezbon sifatida ochib berdi.

«2022 yilda dunyo bo‘ylab deyarli 1 mlrd odam sayohat qilgan. Bu pandemiyadan oldingi davr ko‘rsatkichlarining 66 foizini tashkil qiladi. Joriy yilda O‘zbekiston 7 million xalqaro sayyohni qabul qilishni kutmoqda. Bu 2016 yildagi ko‘rsatkichlardan besh barobar ko‘p. Kelgusi yilda biz 10 million sayyohni qabul qilishni maqsad qilganmiz», — dedi vazir.

UNWTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili jahon bo‘ylab turizmni pandemiyadan avvalgi darajaga olib chiqish, yangi chaqiruvlar, yo‘nalishlar va tendensiyalar haqida chiqish qildi.