Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston birinchi marta Jahon sayyohlik tashkiloti bosh assambleyasi sessiyasiga mezbonlik qiladi
Tadbirda 160 ga yaqin mamlakatdan davlat tashkilotlari rahbarlari va turizm sohasi vakillari, shuningdek, xalqaro biznes korporatsiyalar yetakchilari ishtirok etadi.
Hindistonning India Blooms axborot agentligi 16-20 oktyabr kunlari Samarqand shahrida BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tishi haqida maqola e’lon qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
«O‘zbekiston tarixda birinchi marta BMTning oilaviy tizimida har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan muhim tadbir – UNWTO Bosh assambleyasining sessiyasiga mezbonlik qiladi, - deb yozgan agentlik. - Tadbirda 160 ga yaqin mamlakatdan davlat tashkilotlari rahbarlari va turizm sohasi vakillari, shuningdek, xalqaro biznes korporatsiyalar yetakchilari ishtirok etadi».
Materialda Bosh assambleya sessiyasi doirasidagi yig‘ilishlar va boshqa qator yirik tadbirlarda turizm sohasidagi xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilinishi qayd etilgan.
«Xususan, Investitsiya forumida O‘zbekistonning barcha hududlaridagi sarmoyaviy salohiyati yuqori bo‘lgan obekt va loyihalar yirik xorijiy investorlarga taqdim etiladi, – deb urg‘ulagan maqola muallifi. – Mamlakatga maqsadli sarmoyalarni jalb etish bo‘yicha qator muhim biznes shartnomalari imzolanishi kutilmoqda. Forum manfaatdor tomonlar, soha rahbarlari va investorlarni turizm sohasidagi imkoniyatlarni o‘rganish uchun birlashtiradi va mamlakatda yaratilgan qulay sarmoyaviy muhitni namoyish etishga qaratilgan».
UNWTO Bosh assambleyasi sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadigan Ta’lim forumi turizm sohasida ta’lim tizimiga sarmoya kiritish, tarmoq xodimlarining malakasini oshirish va barcha uchun inklyuziv imkoniyatlar yaratish muhimligini namoyish etishga qaratilgan.
Mavzuga oid
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026