Sirdaryo viloyatida umumta'lim maktablarining 9-, 10- va 11-sinf öquvçilari örtasida matematika, kimyo, biologiya, fizika, ingliz tili va informatika fanlaridan «Eng bilimdon öquvçi» fanlar olimpiadasi ğoliblariga «Viloyat hokimi stipendiyasi» topşirildi. Bu haqda viloyat xalq ta'limi boşqarmasi boşliği Otabek Donaboyev Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Joriy yilning aprel oyida ötkazilgan fanlar böyiça olimpiadaning viloyat bosqiçida sinflar kesimida jami 54 nafar öquvçi ğolib bölgan. Bugungi kunda ulardan 6 tasi 11-sinfni bitirib, talaba böldi.
Ğolib öquvçilarga 2021 yil may oyi uçun belgilangan stipendiya tölab berilgan edi. 2021 yil 10 noyabr kuni 6 ta 11-sinf öquvçisi uçun iyun oyi uçun hamda 9-10-sinf öquvçilari uçun dekabr oyiga qadar stipendiya tantanali ravişda topşirildi.
Ma'lumot uçun, viloyat bosqiçida birinçi örinni olgan öquvçilarga bir yil mobaynida BHMning 1 baravari miqdorida stipendiya tölab boriladi.
Avvalroq, Sirdaryoda «Viloyat hokimi stipendiyasi» joriy etilgani xabar qilingan edi.











