Joriy yilning 12 noyabr kuni Qaşqadaryo viloyati Qarşi şahrida “Neft va gaz, elektr energetika, kimyo, töqimaçilik, çarm-poyabzal sanoati” mavzusidagi bölib ötayotgan hududiy sanoat yarmarkasi doirasida va Özbekiston Respublikasi prezidentining maslahatçisi örinbosari Galina Saidova, investitsiyalar va taşqi savdo vaziri örinbosari Olimxon Rustamov va “Özbekneftgaz” AJ raisi Mehriddin Abdullayev “Şörtan gaz kimyo majmuasining tozalangan metani asosida suyultirilgan sintetik yoqilği işlab çiqariş” (GTL) loyihasida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişiş maqsadida quriliş maydoniga taşrif buyurdi.

Hozirda loyiha böyiça umumiy bajarilgan işlar 97,4 foizni taşkil etib, zavodning texnologik uskunalarini bosqiçma-bosqiç işga tuşiriş işlari amalga oşirilmoqda. Zavodning texnologik zonasida quriliş-montaj işlari davom etmoqda. Quriliş işlari 95,7 foizga bajarilgan.
Obektda 6,5 mingdan ortiq işçi va muhandislar, 500 ta maxsus texnika işlamoqda. Quriliş maydoniga jami 1045 ta texnologik uskunalardan 1010 tasi yetkazib kelinib, 955 tasi örnatildi.

Işçi taşrif davomida delegatsiya vakillari zavodning markaziy boşqaruv pulti va markaziy laboratoriyasi faoliyati bilan tanişdi. Bundan taşqari, taşrif davomida mutasaddilar zavodning texnologik zonalarida işga tuşiriş jarayonining borişi bilan tanişdi. Şuningdek, quriliş maydonçasida GTL loyihasini qurişning yakuniy bosqiçlarida amalga oşirilgan işlar muhokama qilindi.
Bugungi kunga qadar boş podstansiya işga tuşirilib, zavod taşqi tizimdan elektr energiyani qabul qilişni boşladi, nazorat ölçov va avtomatika tizimining boşqaruv binosi, Markaziy boşqaruv pulti, xom suvni qayta işlaş qurilmalari, Mineralsiz suv işlab çiqariş hamda yonğin öçiruv suv tizimi, Maş'ala tizimi va buğ işlab çiqariş kotellari, Suvni sovitiş qurilmasi, moyli suvni qayta işlaş tizimi foydalanişga topşirildi, zavodga yonilği gazi qabul qiliş boşlandi. Zavodda quriliş işlari şu yilning yakuniga qadar tugatilişi rejalaştirilgan.

GTL kompaniyasi rahbariyati tomonidan korxonaning işlab çiqariş ehtiyojlari uçun zarur bölgan import qilinadigan tovar-moddiy zaxiralarni mahalliylaştiriş, şuningdek, mahalliy işlab çiqaruvçilar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş böyiça kompaniya tomonidan körilayotgan amaliy çora-tadbirlar töğrisida taqdimot ötkazildi.
Aytiş joizki, zavodni barpo etilişida 360 mln dollardan ortiq mahsulotlar va xizmatlar bevosita mamlakatimiz işlab çiqaruvçilaridan xarid qilingan.

Şu bilan birgalikda, “Uzbekneftegaz GTL” zavodi negizida gaz-kimyo klasterini barpo etiş maqsadida zavodning çiqadigan xomaşyoni çuqur qayta işlagan holda yuqori qöşimça qiymatga ega bölgan mahsulotlarni, xususan uglevodorod fraksiyalari asosida Geksen-1, Buten-1, LAB, granulyatsiya qilingan parafin, manilin angidrid kabi mahsulotlar işlab çiqariş masalasi örganilmoqda.

Taşrif yakunlari böyiça mahalliylaştiriş hamda mahalliy mahsulot va xizmatlar işlab çiqaruvçilari bilan hamkorlik qiliş, şuningdek, “GTL” zavodi negizida yuqori likvidli istiqbolli loyihalarni çuqur örganiş masalalariga alohida e'tibor qaratiş topşirildi.
“Özbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ












