Bir neça kun ilgari soğliqni saqlaş vaziri lavozimiga tayinlangan Behzod Musayevning buyruği bilan avvalgi vazir qöllagan intizomiy jazo çoralari bekor qilindi. Bu haqda Xabar.uz yozmoqda.
«Şu kungaça soğliqni saqlaş vazirining buyruği bilan qöllangan barça intizomiy jazo çoralari muddatidan ilgari olib taşlansin», deyiladi Musayev imzolagan buyruqda.
Behzod Musayev bu lavozimda 2020 yil oktyabridan buyon işlab kelgan Abduhakim Hojiboyev örnida iş boşlagandi.
Behzod Musayev 1973 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 1995 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2004 yilda Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasi qoşidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1995 yilda Özbekiston Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida boşlagan. 1998-2002 yillarda Moliya vazirligida işlagan va bölim boşliği lavozimidan boş boşqarma boşliği lavozimigaça kötarilgan.
2002 yilda Hisob palatasiga işga ötgan. 2006-2010 yillarda Hisob palatasi raisi bölgan.
2010 yilda Davlat soliq qömitasidagi faoliyatini boşlagan. Musayev 2020 yilning mayida boş vazirning ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangandi. U 2020 yil yozida, sobiq soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov betob bölib şifoxonaga yotqizilganda ham bir muddat vazir vazifasini bajarib turgan.












