Gruziya parlamentining muxolif partiyadan 9 nafar deputati sobiq prezident Mixail Saakaşvili qöllab-quvvatloviga oçlik e'lon qildi. Ular 1 oktyabrdan beri oçlikni davom ettirayotgan va şu sababli soğliği yomonlaşgan siyosatçining turma şifoxonasiga emas, balki oddiy şifoxonaga yotqizilişini talab qilişmoqda.
“Biz hukumat şifokorlarning Saakaşvilini köp tarmoqli klinikaga yotqizilişi böyiça tavsiyalarini e'tiborga olmayotganiga jim qarab tura olmaymiz. Bizning oçlik e'lon qilişimizga boşqa deputatlar ham qöşiladi, deb işonamiz”, deb aytgan Saakaşvili asos solgan “Yagona milliy harakat” partiyasidan deputat David Kirkitadze.
Avvalroq Saakaşvilining şaxsiy şifokori Nikoloz Kipşidze sobiq prezident oğir ahvoldaligini va örnidan tura olmayotganini ma'lum qilgan. Uning fikriça, siyosatçini şahar klinikasiga ötkaziş lozim. Saakaşvili hibsda uşlab turilgan tergov izolyatori xodimlarining aytişiça, siyosatçi doimiy tibbiy kuzatuv ostida qolmoqda va şoşilinç tibbiy yordamga muhtoj emas.
8 noyabrda Saakaşvili yaqinlari va advokatlari bilan kelişilmagan holda Rustavi şahridagi turmadan Tbilisidagi turmaning şifoxonasiga köçirilgandi.
13 noyabrda Gruziyaning sobiq prezidenti tarafdorlari Tbilisida norozilik namoyişi ötkazib, siyosatçining ozod qilinişi va oddiy şifoxonaga ötkazilişini talab qilişgan.
Saakaşvili 1 oktyabrda Ukrainadan Gruziyaga qaytgandan keyin hibsga olingandi. Siyosatçi özini “siyosiy mahkum” deb atab, öşandan beri hibsga olinişiga norozilik sifatida oçlikni davom ettirib kelmoqda.












