Samarqand viloyati Payariq tumanida ötkazilgan köpkari vaqtida «Kamaz» pastlikka harakatlanib ketgan. Oqibatda «ZIL» maşinasi bilan töqnaşib, uni ağdarib yuborgan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça 2021 yil 14 noyabr kuni 16:00 larda Payariq tumani Polvonariq mahallasi hududida ötkazilgan uloq-köpkari paytida «Kamaz» va «ZIL» yuk maşinalari töqnaşib ketgan.

«Kamaz» haydovçisi maşinani köpkari bölib ötayotgan joy atrofidagi balandlikka qöygan va e'tiborsizlik qilib uning qöl tormozini tortmagan. Oqibatda maşina pastlikka harakatlangan va «ZIL»ga urilib, uni ağdarib yuborgan.

Mazkur hodisada heç kim jarohat olmagan. Faqat har ikkala yuk maşina jiddiy şikastlangan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan YHXB xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.