Payariq tumanida bir guruh şaxslar tomonidan kaltaklangan erkak bir oy komada yotib, vafot etdi. Bu haqda Millar xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, tumanning Navröz mahallasida yaşagan 32 yoşli erkak tanişi bilan oşxonadan çiqib, uyiga ketayotganida Spark maşinasida kelgan bir guruh şaxslar unga hujum qilib, boşiga armatura bilan ura boşlagan.

Voqea guvohi örtoğini himoya qilişga va hujum qilganlarning qölidagi armaturani olib qöyişga uringanini, şu payt unga ham taşlanib, toşlar bilan urişganini aytgan.

“Şerbek bilan oşxonadan çiqib kelayotgan edik. Yölda uyimiz tomonga burilganimizda oq Spark yölimizni tösib töxtadi. Maşinadan qöllarida armatura bilan tuşib, guruh bölib Şerbekning boşiga ura boşlaşdi. Buni körib, maşinadan yugurib tuşdim-da, ularning qölidagi armaturani olişga harakat qildim. Şu payt ular meni ham ura ketdi. Katta-katta toşlar bilan ura boşlaşdi. Qaraganimda, Şerbek asfalt ustida, futbolkasiz, qonga belanib yotgan edi. Uni tepib urişayotgan edi. Simtördan sakrab ötganimda Şerbekni maşinaga majburlab tiqişayotgan edi”, degan marhumning dösti.

Marhumning akasi ukasini mahalla markazidan taxminan 3 km uzoqlikdagi, aholi yaşamaydigan hududga olib ketişganini bildirgan. U öşa yerdan oğir ahvolda topilgan.

“Birinçi körganimda ukamni ölib qolgan deb öyladim. Atrofida beton bölaklari va sim bor edi. Böğilgani körinib turardi, böynidan yuqori qismi kökarib ketgandi. Öpkasidan qandaydir ovoz eşitganimdan keyin umidim uyğondi. Keyin uni maşinaga ortib olib ketdim”, degan marhumning akasi.

Uning taʼkidlaşiça, ukasining boşiga köp marta zarba berilgan, peşanasi va boşining yon qismlari şişib ketgan.

“Urib, şunçaki tan jarohati yetkazib taşlab ketişmagan. Katta yöl yoqasida qoldirişganida kimdir unga yordam berişi mumkin edi. Ovloq joyga olib borib kömişgan. Kömilganida havo yetmay, örnidan turgan. Şunda yana sim bilan böğib, boşiga armatura va beton bilan urişgan”, degan aka.

Marhumning turmuş örtoğiga köra, tanib bölmas darajada jarohatlangan eri 28 kun komada yotgan.

Janjalga nima sabab bölgani hozirça maʼlum emas.