JÇ-2022. Saralaş turniri. Yevropa. C guruhi
Şimoliy Irlandiya — Italiya — 0:0
Şimoliy Irlandiya: Pikok-Farrell, J.Evans, Katkart, Flenagan, Lyuis, Deyvis, Magennis, Dallas, Sevill (K.Evans, 72), Makkann, Uayt (Vaşington, 72).
Italiya: Donnarumma, Bonuççi, Açerbi, Emerson (Skamakka, 80), Di Lorenso, Jorjino (Lokatelli, 69), Barella (Belotti, 64), Keza, Tonali (Kristante, 46), Insine (Bernardeski, 68), Berardi.
Ogohlantirişlar: Tonali, 9. Magennis, 57. Pikok-Farrell, 83.
Hakam: Kovaç (Ruminiya).
15 noyabr. Belfast. «Uindzor Park» stadioni.

«Italiya Şveytsariya ustidan ğalaba qozonişga haqli edimi?» savoli biroz ğalati eşitiladi. Nazariy jihatdan Yevropaning amaldagi çempionlari hozirgidan ham yomonroq holatga tuşişi mumkin edi, ammo ularda bir tur avval töğridan töğri yöllanma uçun juda yaxşi imkoniyat bor edi. Ammo Jorjino Şveytsariyaga qarşi prinsipial öyinda 11 metrdan yana gol ura olmadi, endi uning bu xatosi şunçaki tasodif sifatida yoddan çiqişi ham, JÇ-94 finalidagi Roberto Badjoning penaltisi kabi bir umr yodda qolişi ham mumkin.

Ha, öşanda jahon çempionati finali edi, hozirgi vaziyatda örtaga faqat mundial yöllanmasi tikilgandi, lekin «skuadra adzurra» sakkiz yildan buyon futboldagi bu asosiy turnirda iştirok etmagan. Öyindan keyin Roberto Mançini yomon narsalar haqida öylamaslikka çaqirib, Qatar yöllanmasi uçun kuraş bahordagi öyinlarda ham davom etişini eslatmoqda. U öz sözlarida bu turnirda «Uindzor Park»dagi öyinlarda biror marta gol ötkazmagan raqibga ham hurmat mujassam edi. Qolaversa, italyanlar heç qaçon Belfastda ğalaba qozona olmagan, 64 yil muqaddam esa bu yerda ularning JÇ-1958 uçun yöllanma qölga kiritiş orzusi çilparçin bölgandi.

«Masala biz qanday öynaşimizda», — deya qayd etdi Mançini. Aytiş kerakki, «adzurri» sönggi vaqtlarda tarkibda yöqotişlarga uçradi, Kellini, Immobile, Pellegrini, Verratti, Dzanolo, Bastoni, Kalabriya va Biragi safdan çiqqan. Yuqoridagi röyxatning kamida ilk tört vakili boşlanğiç tarkibning doimiy futbolçilari edi va murabbiylar ştabi Belfastdagi öyin uçun Dzappakosta va Ferrarini tarkibga çaqirişiga töğri keldi.

Ixtiyoridagi tarkibdan kelib çiqqan holda Mançini yaqqol markaziy hujumçisiz sxemani tanladi. Hujum uçligi markazida asosan qanotlarda öynaşga odatlangan Insine joylaşdi, uni qanotlarda Berardi va Keza qöllab-quvvatladi. Ehtimol, italyanlarning rejasi şimoliy irlandiyaliklarning çuqur himoyasini futbolçilarning individual harakatlari evaziga yorib ötiş bölgandir. Lekin bunday urinişlar raqib darvozasiga jiddiy xavf tuğdira olmadi.

Aytiş mumkinki, mezbonlar darvozaboni Pikok-Farrell ilk 45 daqiqalikni çigalyozdi rejimida ötkazdi, darvozabonning yagona yorqin seyvi esa — u Kezaning zarbasini oyoqlari bilan qaytargandi — «Yuventus» forvardi ofsaydda bölgani tufayli ahamiyatini yöqotdi. Qolgan pallalarda mehmonlar özlarining kam sonli imkoniyatlariga juda ehtiyotkorlik bilan yondaşişdi. Raqib ilk marta qarşi hujumga imkon bergan vaziyatda ham himoyaçilarni aldab ötgan Insine töpni osonlik bilan darvozabonning qöllariga tutqizdi.

Tanaffusga qadar Yevropa çempionlarini qanoatlantirib turgan narsa — Lyutsernda parallel keçayotgan uçraşuvda asosiy hujumçilari Seferoviç va Embolosiz harakat qilayotgan şveysariyaliklar ham Bolgariya darvozasiga yöl topa olmagani edi. Ammo nimanidir özgartiriş kerak edi va Mançini boşlanğiç tarkibdagi hujumçilar örnini özgartirmagan holda birinçi bölimda sariq kartoçka olgan Tonali örniga Kristanteni tuşiriş bilan kifoyalandi.

Ammo tanaffusdan mezbonlar ham özgargan holda qaytişdi, xuddi mezbon muxlislar zerikib qolayotganini sezgandek. Ikkinçi bölimda mezbonlarda vaziyatlar köproq böldi, hujumga qöşilgan Lyuisning taşlab bergan töpidan keyin Sevilla hisobni oçişi mumkin edi, ammo Donnarumma yaqin masofadan yöllangan kuçli zarbani qaytardi. Xuddi şu vaqtda Okafor Şveytsariyani onlayn rejimda JÇ-2022ga olib çiqayotgandi.

Keza raqib jarima maydoni markazida turib töpni darvoza burçagiga aniq yönaltira olmagan pallada esa Lyutsernda hisob 2:0 körinişini oldi. Mançini nihoyat zaxirada yaqqol markaziy hujumçi Belotti ham borligini eslab qolganida esa, şveysariyaliklar uçinçi golni urişdi, ammo VAR Gavranoviçning golini bekor qildi. Ya'ni, bu holatda ham Italiyani Qatardan birgina aniq zarba ajratib turgandi. Ammo Lyutsernda baribir uçinçi gol urilgaç , «adzurri» missiyasi uddalab bölmas topşiriqqa aylangandi - endi ular töplar nisbati böyiça şveysariyaliklardan ustun bölişi uçun safarda 2 töp farqi bilan ğalaba qozonişi talab etilardi.

Agar Bonuççi öyin söngida Vaşingtonning zarbasini darvoza çiziği ustida töxtatib qolmaganida, bu haqiqiy kamsitiliş bölardi. Ammo bu qahramonlik heç narsani özgartirmadi. Belfastdagi öyin tugaganidan keyin ham şveysariyaliklar gol urişda davom etişdi, Yevropaning amaldagi çempionlari esa Qatarga boriş uçun endi keyingi yil bahorida bölib ötadigan pley-off öyinlarida qatnaşişi kerak böladi. Şveytsariya termasini Yevro-2020dan keyin qabul qilib olgan Murat Yaqin esa jahon çempionatiga töğridan töğri yöllanmani qölga kiritdi.

Şveytsariya — Bolgariya — 4:0 (Okafor, 48. Vargas, 57. Itten, 72. Froyler, 90+1).
Şveytsariya – Zommer, Şer (Sou, 90), Vidmer, Mbabu, Fray, Şakiri (Ebişer, 90), Zakariya, Vargas (Zekiri, 79), Froyler, Okafor (Şteffen, 68), Gavranoviç (Itten, 68). 

F guruhi
Şotlandiya — Daniya — 2:0 (Sauttar, 35. Adams, 86).
Şotlandiya – Gordon, ÖDonnell, Tirni (Ralston, 87), Kuper, Roberson (Makkenna, 79), Makginn, Gilmor (Maklin, 74), Kristi (Armstrong, 80), Makgregor, Suttar, Adams. 
Daniya – Şmeyxel, Kristensen, Vestergor, Mele, Vass (Dreyyer, 81), Bruun Larsen (Sisto, 56), Yonsson (Stage, 56), Kristensen (Ba, 81), Olsen, Ker, Kornelius (Ure, 72).

Isroil — Farer orollari — 3:2 (Dabbur, 30, penaltidan. Vaysmann, 58. Perets, 74 — Vatnhamar, 62. K.Olsen, 72).

Avstriya — Moldaviya — 4:1 (Arnautoviç, 4, 55, penaltidan. Trimmel, 21. Lyubiçiç, 83 — Nikolaesku, 60).

I guruhi
San-Marino — Angliya — 0:10 (Maguayr, 6. Fabbri, 15, avtogol. Keyn, 27, penaltidan, 31, 39, penaltidan, 42. Smit-Rou, 58. Mings, 69. Abraham, 78. Saka, 79).
Angliya – Remsdeyl, Maguayr (Çiluell, 46), Mingz, Koudi, Aleksander-Arnold, Foden (Abraham, 46), Fillips (Gallaher, 46), Smit-Rou (Stounz, 73), Bellingem, Saka, Keyn (Jyeyms, 63).
Çetlatiş: Rossi (68).

Polşa — Vengriya — 1:2 (Sviderski, 61 — Şafer, 37. Gozdog, 80).
Polşa – Şçensni, Puxaç (Plaxeta, 83), Davidoviç, Bednarek, Keş (Yuzvyak, 46), Moder (Zelinski, 46), Linetti (Frankovski, 65), Klix, Kendzera, Şviderski, Piontek (Milik, 65). 
Vengriya – Dibus, Nego, Lang, Fiola, Nad, Varga (Gazdag, 59), Şafer, Şen (Kişş, 72), Nad (Veçei, 90), Salai, Salai (Xan, 89).

Albaniya — Andorra — 1:0 (Çekiçi, 73, penaltidan).

Şu tariqa, JÇ-2022da iştirok etişi aniq bölgan jamoalar soni 11taga yetdi: mezbon Qatardan taşqari, saralaş öyinlarida Germaniya, Braziliya, Fransiya, Belgiya, Xorvatiya, Serbiya, Ispaniya Angliya va Şveytsariya yöllanmani qölga kiritdi.

JÇga çiqiş uçun pley-offda qatnaşişi kerak bölgan 12 jamoadan 10tasi ma'lum: Portugaliya, Italiya, Rossiya           Şotlandiya, Uels, Şvetsiya, Polşa, Şimoliy Makedoniya, Avstriya (Millatlar Ligasi orqali) va Çexiya (Millatlar Ligasi orqali). Qolgan 2 jamoa nomi (Niderlandiya/Turkiya/Norvegiyadan biri va Finlandiya/Ukrainadan biri) bugun ma'lum böladi.