Qatarda kutilmagan darajada kuçli öyin körsatgan futbolçilar önligi.

Azzedin Unai, Marokaş

Azzedin Unai. Foto: Reuters
  • Pozitsiyasi: markaziy yarimhimoyaçi
  • Yoşi: 22 yoş
  • Klubi: «Anjye»
  • JÇdagi statistikasi: 7 öyin
  • Kim qiziqmoqda: «Lester», «Sevilya», «Barselona»

Fransuz ligasining barça ixlosmandlari ham «Anjye»ning uşbu ozğin havbekining muvaffaqiyatli iştirokini taxmin qilişmagandi. Marokaşliklar jahon çempionatida kuçli raqiblar — Xorvatiya, Belgiya, Ispaniya, Portugaliya bilan kuraş olib borişiga töğri keldi. Ammo Unai bu öyinlarda maydon markazini heç kimga bermadi, şu bilan birga aniq yetib boruvçi uzatmalari va mehnatkaşligi bilan ajralib turdi. Qişda yoki yozda u yaxşigina şartnoma evaziga kattaroq klubga yöl olişi tayin.

Sofiyan Amrabat, Marokaş

Sofiyan Amrabat. Foto: Reuters
  • Pozitsiyasi: tayanç yarimhimoyaçisi
  • Yoşi: 26 yoş
  • Klubi: «Fiorentina»
  • JÇdagi statistikasi: 7 öyin
  • Kim qiziqmoqda: «Atletiko», «Liverpul», «Çelsi»

Unaining maydon markazidagi şerigi Yevropada tanilib ulgurgan — Amrabat uç yildan ortiq vaqt mobaynida Italiya çempionatida surib keladi, bu mavsumda «Fiorentina» safida yaxşi iştirok etmoqda. Ammo jahon çempionati uni örtamiyona jamoa futbolçisi darajasidan sayyoraning eng yaxşi tayanç yarimhimoyaçilaridan biri darajasiga çiqardi. Amrabat turnir davomida aql bovar qilmas darajada katta hajmdagi işlarni bajarib, turnirda biror daqiqani ötkazib yubormadi. Uşbu havbek uçun Yevropaning eng jiddiy klublari poyga boşlagani bejiz emas.