Qatarda ötkazilgan futbol böyiça jahon çempionatida öz tarixida uçinçi marta ğalaba qozongan Argentina milliy jamoasi futbolçilari vataniga qaytib, muxlislar bilan katta bayram uyuştirdi. 

Mamlakat prezidenti Alberto Fernandes barça futbolçilarni öz saroyiga taklif qildi. Messi va uning jamoadoşlari prezident saroyi balkoniga çiqib, baxtiyor tomoşabinlarga jahon kubogini namoyiş qilişi kerak edi. 

Biroq, Le Monde xabariga köra, milliy jamoa futbolçilari Argentina prezidentiga rad javobini berişdi. Manbaga köra, rad etiş siyosiy qaraşlardagi kelişmovçilik bilan boğliq. Futbolçilar Argentinaning amaldagi hukumati tomonidan biron bir bayonot uçun obekt bölişni qat’iyan istamagan. 

Qayd etiş joiz, Argentina milliy jamoasi tarixda birinçi marta prezident saroyiga jahon kubogi bilan borişdan boş tortdi. 

Alberto Fernandes 2019 yildan buyon Argentina prezidenti hisoblanadi.