Argentinalik muxlislar fransiyalik muxlislarning futbol böyiça 2022 yilgi jahon çempionati finalini takroran ötkaziş haqidagi talabiga javob berişdi. Ular «Fransiya, yiğini töxtat» nomli petitsiyani Change.org portaliga joylaştirişdi.
«Jahon çempionati finalida mağlub bölgan fransuzlar yiğlaşdan, nolişdan töxtamayapti va Argentina jahon çempioni ekanini tan olmayapti. Uşbu petitsiya orqali fransuzlarni yiğlaşni bas qilişga va [Lionel] Messi futbol tarixidagi eng zör ekanini tan olişga va [Kilian] Mbappe uning öğlidek ekanini qabul qilişga çaqiramiz», deyiladi unda. Xabar naşr etilgan paytda petitsiyani 500 mingga yaqin odam imzolagan.
23 dekabr kuni fransuz muxlislari jahon çempionatining hal qiluvçi öyinini qayta ötkaziş talabi bilan petitsiya e’lon qilişgan edi.
«Hakamlar mutlaqo adolatsiz edi, penalti yöq edi, [Argentinaning] ikkinçi golida Mbappega nisbatan qöpollik qilindi!» deb yozdi murojaat muallifi. Petitsiyani 300 mingga yaqin kişi imzolagan.
Petitsiya körib çiqiş uçun Xalqaro futbol federatsiyasiga (FIFA) yuborilişi rejalaştirilmoqda.
Qatarda ötkazilgan jahon çempionati finalining asosiy va qöşimça vaqtidan keyin 3:3 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa Argentina qöli baland kelgan edi.
FIFA tarixida jahon çempionatlari finallarining heç biri takroran ötkazilmagan.









