Adliya vazirligi xabariga köra, farmon bilan paxta-töqimaçilik klasterlari faoliyatini muvofiqlaştiriş respublika komissiyasi tasdiqlandi. Komissiya paxta-töqimaçilik klasterlarini taşkil etiş uçun arizalarni körib çiqadi.

Klasterlar komissiyasi xulosasiga asosan hukumat qarori bilan taşkil qilinadi va talabgor bilan öttiz yilga bitim tuziladi. Bitim quyidagi holatlarda faqatgina sud tartibida bekor qilinadi: tomonlarning biri qarşi bölganida; bitimdagi majburiyatlar öz vaqtida bajarilmaganida; qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiruvçilarning uçdan ikki qismi klasterlar tomonidan şartnoma şartlari 3 yil bajarilmaganligiga oid murojaatlari bölganda.

Klaster taşkil qilişda yetiştiriladigan yoki sotib olinadigan paxtaning kamida 50 foizini özida qayta işlaş quvvati bölgan talabgorga ustunlik beriladi. Klasterlarning yillik paxta hajmi 30 ming tonnadan köp bölganda audit ötkazişga xalqaro auditorlar jalb qilinadi.