Prezidentning “Özbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta'minlaş sohalarini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Quriliş vazirligi:

a) 2022 yil 1 aprelga qadar respublikada qurilayotgan bino va inşootlarning zilzilabardoşligining yangi usullarini amalda tatbiq etiş uçun Yaponiyaning Seysmik himoyalaş jamiyati bilan uzoq muddatli hamkorlikni yölga qöyadi;

b) 2022 yil 15 aprelga qadar quriliş jarayonida foydalanilayotgan quriliş materiallari va konstruksiyalarini sifatini töliq nazorat qiliş maqsadida “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimida Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligi uçun maxsus bölim yaratadi;

v) Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligi 2022 yil 1 apreldan boşlab har oyda “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimida sifat körsatkiçlari yangilangan quriliş materiallari va konstruksiyalari töğrisidagi ma'lumotlarni yangilab boradi;

g) 2022 yil 1 yanvardan boşlab qurilayotgan ikki qavatdan yuqori, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan yuqori va umumiy maydoni 500 m2 ortiq bölgan bino va inşootlar (şu jumladan yakka tartibdagi uy-joylar) zilzilabardoşligini oşiriş, sifatini ta'minlaş hamda kamçiliklarni oldindan bartaraf etiş maqsadida quriliş obektida vibrodinamik uskuna yordamida tekşiriş (sinov) amaliyotini yölga qöyadi. Bunda, qurilayotgan bino va inşootlarning zilzilabardoşligini aniqlaş uçun mablağlar quruvçi taşkilotlar tomonidan qoplanadi;

d) 2022 yil 1 oktyabrga qadar “Baland qavatli binolarni loyihalaş” me'yoriy hujjatini ilmiy-tadqiqot va tajriba sinov natijalari asosida işlab çiqadi;

ye) 2023 yil 1 yanvarga qadar Yaponiyaning Seysmik himoyalaş jamiyati kömagida seysmik himoyalangan konstruksiyalarni joriy etgan holda eksperimental binolar qurilişini taşkil etadi va tabiiy sinovlardan ötkazadi.