AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostin Eronni Yaqin Şarq mintaqasi uçun eng asosiy tahdidlardan biri deb atadi.
"Men biz töqnaş kelayotgan törtta muhim çorlovni ma'lum qilmoqçiman. Bular pandemiya, iqlim özgarişi, terrorizm va Eron", - dedi Pentagon rahbari.
Tehron bilan yadroviy kelişuv borasidagi vaziyat haqida sözlarkan, Ostin Vaşington bu masalani diplomatiya yöli bilan hal qiliş niyatidaligi, ammo öz xavfsizligini ta'minlaş uçun har qanday vositani qöllaşga tayyorligini bildirdi.
"Eron rahbariyatining beqarorlik keltirib çiqaruvçi harakatlari, jumladan, terrorizm, xavfli şeriklari va yadroviy dasturni qöllab-quvvatlaşidan xavotirdaman. AQŞ Eronda yadro quroli bölişiga yöl qöymaslik tarafdori", - dedi u.
U şu bilan birga, AQŞ Eron yadroviy dasturi böyiça harakatlar rejasini tiklaş uçun bor kuçini ayamasligini ta'kidladi.












