Özbekiston Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, muloqot çoğida ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro siyosat kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Ikki davlat rahbarlari örtasida örnatilgan oçiq va işonçli muloqot tufayli Özbekiston-Qirğiziston hamkorligining ijobiy sur'atlarda rivojlanayotgani qayd etildi.
Afğonistondagi bugungi vaziyat, uning xalqaro xavfsizlikka ta'siri, mamlakatning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga integratsiyalaşuvi, şuningdek, afğon xalqiga favqulodda gumanitar yordam körsatiş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Şuningdek, Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev Qirğiziston Xavfsizlik kengaşi raisining örinbosari Taalatbek Masadikov bilan muzokaralar ötkazdi.
Muzokaralar davomida ikki davlatning Afğoniston yönalişidagi özaro hamkorligiga oid ayrim masalalar muhokama qilindi, deyiladi xabarda.












