«Sizni saylovlardagi işonçli ğalaba bilan tabriklayman. Prezident sifatidagi ilk qadamlaringizdan boşlab siz bilan köp bora gaplaşganmiz. Oldimizda turgan işlar katta va juda qiyin, lekin bizda hammasi amalga oşmoqda», – deya Putinning sözlarini keltirmoqda TASS axborot agentligi.

«Işonç bilan oldinga intilmoqdasiz, mamlakatni «kötarmoqdasiz», natijalar bor. Insonlar buni körmoqda va his qilmoqda», – deya qöşimça qilgan Putin.

Şuningdek, u Rossiya va Özbekiston hamkorligi fuqarolarning imkoniyatlari va farovonligini oşirişiga işonişini bildirdi.

Eslatib ötamiz, ayni vaqtda prezident Şavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan muzokara ötkaziş uçun Moskvada bölib turibdi.

Taşrif davomida Özbekiston bilan Rossiya örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamlaş, turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilinişi kutilmoqda.

Joriy yil 24 oktabr kuni bölib ötgan Özbekiston tarixidagi oltinçi prezident saylovida amaldagi davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev saylovçilarning 80,1 foiz ovozini olib, ğolib bölgan edi.