25 oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasining videokonferensiyasi bölib ötdi. Unda 24 oktabr kuni bölib ötgan Özbekiston Respublikasi prezidenti saylovi natijalari e'lon qilindi.

MSK raisi Zayniddin Nizomxöjayev saylov natijalariga köra, ÖzLiDeP nomzodi, amaldagi prezident Şavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan lavozimga qayta saylangani haqida ma'lum qildi.

«Saylovçilar röyxatiga kiritilgan 20 million 158 ming 907 nafar saylovçilardan Özbekiston Respublikasi prezidenti saylovida çet ellarda ovoz bergan vatandoşlarimiz bilan birga hisoblaganda 16 million 212 ming 343 nafar saylovçi iştirok etdi. Bu saylovçilar umumiy sonining 80,4 foizidan iboratdir», deya ta'kidladi MSK raisi.

Ovozlar quyidagiça taqsimlandi:

Avvalroq «Yevronyus» Özbekiston prezidentligi saylovida Şavkat Mirziyoyev ikkinçi muddatga qayta saylangani haqida xabar bergandi. Şuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Şavkat Mirziyoyevni Özbekiston prezidenti saylovidagi ğalabasi bilan tabriklagandi.

Saylovçilar röyxatiga jami 19 million 859 ming 127 nafar saylovçi kiritilgandi. Bu yilgi prezident saylovida ilk marta mahkumlar ham ovoz berişdi.

Özbekistonda prezident saylovlari har 5 yilda ötkaziladi. 2016 yilda ötkazilgan oxirgi prezident saylovlarida Şavkat Mirziyoyev 88 foizdan köproq ovoz bilan ğalaba qozongandi.