Jamğarma axborot xizmati xabariga köra, pensiya va nafaqa oluvçilarning aholi sonidagi uluşi 11,5 foizni taşkil qilgan holda 2021 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 178,6 ming nafar (4,7 foiz)ga köpaydi.

Şundan, 2,9 mln kişi (74,1 foiz) yoşga doir pensiyani (bundan, 1,8 mln kişi yoki 64 foizi ayollar), 397,6 ming kişi (9,9 foiz) nogironlik pensiyasini (163,5 ming nafari yoki 41,1 foizi ayollar), 198,6 ming kişi (5,0 foiz) boquvçisini yöqotganlik pensiyasini oluvçi oilalar va 440,8 ming kişi (11,0 foiz) nafaqa oluvçi tarkibiga kiradi.

2021 yil 1 yanvar holatiga nisbatan yoşga doir pensiya oluvçilar soni 117,7 ming kişi (4,1 foiz)ga, nogironlik pensiyasi oluvçilar soni 11,0 ming kişi (2,9 foiz)ga, boquvçisini yöqotganlik pensiyasi oluvçi oilalar soni 9,6 ming oila (5,1 foiz)ga va nafaqa oluvçilar soni 40,2 ming kişi (10,0 foiz)ga ortdi.

2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida 327,5 ming nafar (161,5 ming nafari yoki 49,3 foizi ayollar) fuqarolarga yangi pensiya va nafaqalar tayinlandi. Şundan 215,1 ming nafari (65,7 foiz)ga yoşga doir pensiya, 29,9 ming nafari (9,1 foiz)ga nogiron şaxs sifatida pensiya, 19,6 ming oila (6,0 foiz)ga boquvçisini yöqotganlik pensiyasi va 62,9 ming nafari (19,2 foiz)ga nafaqalar tayinlangan. Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 57,9 ming nafar yoki 21,5 foizga köp.