22 noyabr kuni Tojikiston poytaxti Duşanbe şahrida «Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo» şaklidagi 17-vazirlar uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Özbekiston taşqi işlar vazirlari hamda Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili iştirok etdi. Unda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi munosabatlarning dolzarb masalalari, xavfsizlikning umumiy muammolari, savdo, investitsiya, ekologiya sohalarida hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari, şuningdek, mintaqalararo aloqalarni çuqurlaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda qatnaşgan Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi örtasidagi hamkorlikning innovatsion modelini şakllantiriş, tariflarni uyğunlaştiriş, bojxona tartiblarini soddalaştiriş uçun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.
Şuningdek, Afğonistonda gumanitar falokatning oldini oliş, mamlakatni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga jalb etiş zarurligi ta'kidlandi.
Özbekiston tomoni Yevropa Ittifoqi bilan uşbu yönalişdagi aloqalarni, jumladan, BMTning Orolböyi mintaqasi uçun inson xavfsizligi böyiça köp şeriklik Trast fondi doirasida hamkorlikni kengaytirişga tayyorligi bildirildi. Uçraşuv yakunida Qöşma kommyunike qabul qilindi.
Eslatib ötamiz, ötgan haftada Bryusselga taşrif buyurgan Abdulaziz Komilov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiya «Özbekiston Respublikasi – Yevropa Ittifoqi» hamkorlik kengaşining navbatdagi majlisi doirasida Yevroittifoqning bir qança yuqori martabali mulozimlari bilan uçraşuvlar ötkazdi.












