Somali boş vaziri Muhammad Husayn Roble davom etayotgan qurğoqçilik sababli mamlakatda favqulodda gumanitar holat e'lon qildi.

“Hozirgina favqulodda gumanitar holat rejimini e'lon qildim. Mamlakatning barça fuqarolarini hamda xalqaro hamjamiyatni qurğoqçilikdan jabr çekayotgan somaliliklar ahvolini yengillaştiriş uçun birgalikda harakat qilişga çaqiraman”, — dedi u.

BMT ma'lumotlariga köra, hozirda Somalida 2,3 mln kişi yoki aholining 18 foizi me'yorida ovqatlaniş uçun yetarliça oziq-ovqatga ega emas.

Bu yil qurğoqçilik oqibatida 100 mingga yaqin kişi uylarini tark etib, boşqa hududlarga köçişga majbur böldi.