BBC teleboşlovçisi Yaldo Hakim Afğonistonda tuğilgan. Uning oilasi 1980-yillarda sovet istilosi davridayoq mamlakatni tark etgan. Ammo keyinçalik u Afğonistonga jurnalist sifatida bir neça bor kelgan. Bu uning vataniga toliblar mamlakatni qölga olganidan keyin ilk bor kelişi.

Toliblar hukumatga kelganidan keyin vatanimga ilk marta kelganimda köplab savollarga javob topişga töğri kelişini bilardim.

Yaldo Hakim Afğonistonni sovet istilosi yillaridayoq tark etgan

Ğarbparast hukumat ağdarilganidan keyin hukumat qay darajada özgardi? Afğonlar özlari orzu qilgan tinç hayotga erişadimi? Yangi hukmdorlar tomonidan jamiyat hayotidan allaqaçon uzoqlaştirilgan ayollar va qizlarni nima kutmoqda?

Biroq öz-özimga beradigan savollardan biri xayolimga ham kelmagandi. Kundan kunga, haftadan haftaga, oydan oyga heç narsa olmay, işga qatnaş uçun qança kuç kerak?

Men aynan şu narsaga guvoh böldim.

Avvalgi hukumat qulab, xorijiy yordam kelmay qöygaç, Qandahordagi şifokorlardan tortib Kobul şifoxonasidagi farroşlargaça — Afğoniston soğliqni saqlaş tizimi xodimlarining heç biri maoş olmayapti.

  Ularning özi jar yoqasida, biroq heç narsaga qaramay, işga qatnayapti va qöllaridan kelgança tuşkunlikka tuşib qolgan odamlarga yordam beryapti.

Afğonistondagi tibbiyot xodimlari toliblar kelganidan beri maoş olmayapti

Nasrin Afğoniston poytaxti Kobuldagi Indira Gandi nomidagi şifoxonada farroş bölib işlaydi.

«Agar işga çiqmasak, bu bolalar vafot etadi. Biz qanday qilib ularni taşlab qöyamiz?» — deydi u.

Kiçik yoşdagi bolalarning köpçiligi töyib ovqatlanmagani sababli juda quvvatsiz. Ular qandaydir infeksiya yuqtirib olmasligi uçun palatalar toza bölişi kerak.

 Nasrinning sözlariga köra, uning transport xarajatlari uçun tölaşga puli yöq. Işga piyoda qatnayapti. Toğ tizmasi böylab pastga va 12 soatlik smenadan keyin yana ortga.

Ayrim bolalar töyib ovqatlanmaslikdan aziyat çekmoqda

Soğliqni saqlaş xodimlariga qançalik oğir bölmasin, ularning bemorlari yanada oğir ahvolda.

BMT hisob-kitoblariga köra, 23 million afğon oçlikdan öliş xavfi ostida. Aholining 95 foizi töyib ovqatlanmayapti.

Nasrin tozalaydigan palatalarda uşbu inqirozning eng yoş jabrlanuvçilari bor.

Uç yoşli Gulnora şu darajada zaifki, yumilib ketayotgan közlarini zörğa oçyapti. Soçlari tökilib ketmoqda. Uyğongaç, oğriq zöridan yiğlaydi. Afğon bolalari boşdan keçirayotgan oçlik oqibatlari ana şunday.

Yaldo Hakim kelgan Kobuldagi Indira Gandi nomidagi şifoxonaga töyib ovqat yemaslikdan aziyat çekayotgan bolalar yotqizilgan.

«Tolibon» rasmiy vakili Suhayl Şahin bularning barida xalqaro hamjamiyatni ayblamoqda. Uning aytişiça, afğon xalqi Ğarb tufayli aziyat çekyapti.

«Ular mamlakat falokat, oçlik, gumanitar inqirozga yuz tutayotganini aytişyapti. Şunday ekan, bu fojianing oldini oliş uçun biror nima qilişsin. Inson huquqlari haqida gapiradigan xalqaro hamjamiyat, mamlakatlar Afğonistonni gumanitar inqirozga olib boruvçi qadamlar qöyişni bas qilişlari kerak», — deydi Şahin.

Afğonistondagi köpçilik bir narsani aniq biladi: muammoni xorijdan keladigan yordamgina hal etişi mumkin.

Mamlakat iqtisodiyoti ahvoliga nazar solinsa, bu yaqqol körinadi. Xalqaro yordam kelmay qöygaç, iqtisodiyot quladi-qöydi.

«Men ğişt pişirişda işlardim. Öşa vaqtda oyiga 25 ming afğoni (270 dollar) topardim. Hozir oyiga hatto 2 ming (22 dollar) ham işlab topayotganim yöq», — deydi köça mehnat birjasida pul topiş ilinjida iş kutayotgan örta yoşlardagi afğon.

Uning tört nafar farzandi bor. Aytişiça, ularning hammasi kasal, doriga esa pul yöq.

«Özim uçun heç qanday kelajakni körmayapman. Kambağal oilalarning kelajagi yöq», — deydi u.