Vazirlar Mahkamasining “Organik mahsulot işlab çiqarişni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qişloq xöjaligi vazirligi, Örmon xöjaligi davlat qömitasi, Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi, Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi, “Textile Technologies Group”, “Baraka Meva Sanoat Servis” hamda “Textile Standard Services” mas'uliyati çeklangan jamiyatlarining Organik mahsulot işlab çiqaruvçilar uyuşmasini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.

2022 – 2026 yillarda qişloq xöjaligi yerlarida bosqiçma-bosqiç organik mahsulot işlab çiqarişga ötişning prognoz körsatkiçlari tasdiqlanadi.

Qişloq xöjaligi vazirligi har yili sentabr oyida organik mahsulot işlab çiqariş hajmini yanada köpaytiriş böyiça ilovadan kelib çiqib, çora-tadbirlar dasturi loyihasini işlab çiqadi hamda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlaş uçun kiritadi.

Qişloq xöjaligi vazirligi, Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi hamda Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi uyuşmaga:

  • fermer va dehqon xöjaliklari, klaster va kooperatsiyalar hamda tomorqa yer egalarini organik mahsulot işlab çiqariş bilan qiziqtiriş, ularni bilim va könikmalarga ega bölişi uçun öqitiş, şuningdek, uşbu yönalişlar rivojlangan mamlakatlar tajribalarini örganiş va özaro hamkorlikni yölga qöyiş hamda öquv tanişuv safarlarini taşkil etiş;
  • sohaga oid körgazma, seminar va anjumanlar taşkil qiliş, şuningdek, çet mamlakatlarda ötkaziladigan körgazma va öquv seminarlarida iştirokini ta'minlaş;
  • organik uruğ yetiştirişni yölga qöyiş, xorijiy davlatlardan organik uruğlarni olib keliş va işlab çiqarilgan organik mahsulotlarni mahalliy bozorlarga hamda çetga eksport qilişda amaliy yordam körsatadi.  

Qişloq xöjaligi vazirligi, Toşkent viloyati hokimligi uyuşma bilan birgalikda tajriba sifatida bitta tuman hududini organik paxta xomaşyosini yetiştirişga ixtisoslaştiradi, organik mahsulot işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi klaster taşkil etiş çoralarini köradi.