Özbekiston Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, suhbat çoğida Özbekiston va Yevropa ittifoqi örtasidagi hamkorlikning özaro manfaatli sohalardagi asosiy yönalişlari muhokama qilindi.

Tomonlar «Özbekiston – Yevropa ittifoqi» hamkorlik kengaşining 16-yiğilişi va «Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo» şaklidagi 17-vazirlar uçraşuvi, şuningdek, mazkur tadbirlar doirasidagi ikki tomonlama muzokaralarning samarali natijalarini olqişlagan. Bölajak tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almaşilgan.

Özbekiston bilan Yevropa ittifoqi örtasida kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitim loyihasi böyiça muzokaralar jarayoni bilan boğliq masalalarga alohida e'tibor qaratilgani aytiladi.

Foto: TIV axborot xizmati

2019 yil iyun oyida qabul qilingan Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo böyiça strategiyasida közda tutilgan qöşma mintaqaviy dastur va taşabbuslarni amalga oşiriş jarayoni tahlil qilindi.

Uçraşuvda xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari ham muhokama qilindi, deyiladi vazirlik ma'lumotida.