17–21 may kunlari bölib ötgan taşrif doirasida Abdulaziz Komilov Xorvatiya boş vaziri Andrey Plenkoviç, boş vazir örinbosari — dengiz, transport va infratuzilma vaziri Oleg Butkoviç, taşqi va Yevropa işlari vaziri Gordan Grliç-Radman, şuningdek, turizm va sport vaziri Tonçi Glavina bilan uçraşuvlar ötkazdi.
Muzokaralar çoğida Özbekiston va Xorvatiya örtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, siyosiy muloqotni mustahkamlaş, amaliy hamkorlikni kengaytiriş hamda oliy va yuqori darajadagi taşriflarni faollaştiriş masalalari körib çiqildi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantiriş, qöşma loyihalarni ilgari suriş va idoralararo aloqalarni kengaytirişga alohida e’tibor qaratdi.
Şuningdek, transport va logistika, energetika, sanoat kooperatsiyasi, raqamlaştiriş, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, turizm va infratuzilmani rivojlantiriş sohalarida hamkorlik uçun katta salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.
Taşrif davomida Xorvatiyaning yetakçi kompaniyalari va işbilarmon doiralari vakillari bilan ham uçraşuvlar taşkil etildi. Ularda sarmoyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş va zamonaviy texnologiyalarni jalb qiliş masalalari muhokama qilindi.
Şu bilan birga, Xorvatiya kompaniyalarining 2026 yil 16–18 iyun kunlari Toşkentda bölib ötadigan xalqaro investitsiya forumida iştirok etişi böyiça kelişuvga erişildi.
Taşrif yakunida tomonlar Özbekiston va Xorvatiya örtasidagi şeriklikni yanada mustahkamlaş va ikki tomonlama munosabatlarni çuqurlaştirişdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.












