Radioaktivligi uzoq vaqt saqlanib qoladigan yuqori va örta faollikdagi çiqindilar asosan işlatib bölingan yadroviy yoqilğini qayta işlaş jarayonida hosil böladi. Ular minglab yil davomida xavf tuğdirişi mumkin. Şu sababli bunday çiqindilarni joylaştiriş va taşqi muhitdan ajratib saqlaş usullari puxta tekşirilişi kerak.

«Rosatom» maʼlumotiga köra, laboratoriya Nijne-Kansk massividagi toğ jinslari orasida barpo etilmoqda. Uning vazifasi - tabiiy geologik muhit va muhandislik himoya tösiqlari radionuklidlarni qançalik işonçli uşlab tura olişini tajribalar orqali baholaş.

Loyihaga ilmiy rahbarlikni Rossiya Fanlar akademiyasining Atom energetikasini xavfsiz rivojlantiriş muammolari instituti - IBRAE RAN amalga oşiradi. Laboratoriyada olinadigan maʼlumotlar çiqindilarni ularning butun xavflilik davri davomida izolyatsiya qiliş imkoniyatini baholaşga xizmat qiladi.

Tadqiqot dasturi 150 dan ortiq ilmiy yönalişni qamrab olgan. Olimlar toğ jinslari massivining xususiyatlarini örganib, himoya materiallari va konstruksiyalarining samaradorligini tekşiradi. Jumladan, turli xil gillar va radioaktiv çiqindilar uçun maxsus konteynerlarning izolyatsiya xususiyatlari sinovdan ötkaziladi.

Şuningdek, radioaktiv çiqindilar bilan işlaş texnologiyalari ham amalda takomillaştiriladi. Tadqiqotçilarda uzoq muddatli xavfsizlikka doir nazariy modellar mavjud. Yerosti laboratoriyasi ulardagi hisob-kitoblarni haqiqiy geologik şaroitda olingan maʼlumotlar bilan taqqoslaş imkonini beradi.

Radioaktiv çiqindilar bilan işlaş milliy operatorining «Sibirskiy» filiali direktori Andrey Daxno bu loyihani yuqori faollikdagi çiqindilarni xavfsiz yakuniy izolyatsiya qiliş yeçimlarini işlab çiqişdagi muhim bosqiç deb atagan.

«Rossiyadagi loyiha öta mustahkam gneys toğ jinsida amalga oşirilmoqda. Bu bizga 500 metrdan ortiq çuqurlikda nazariy bilimlarni amalda tasdiqlaş uçun noyob imkoniyat beradi. Faqat şundan keyin, nazorat organining roziligini olib va jamoatçilik fikrini hisobga olgan holda, yakuniy izolyatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirişga kirişiş mumkin», - degan Daxno.

Hozir qurilayotgan obyektning asosiy vazifasi - çiqindilarni kelgusida izolyatsiya qiliş böyiça qarorlar uçun ilmiy maʼlumot töplaş.

Laboratoriya qurilişi 2018-yildan buyon davom etmoqda. Loyiha «2016–2020-yillarda va 2035-yilgaça bölgan davrda yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlaş» federal maqsadli dasturi doirasida amalga oşirilyapti.