Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida joylaşgan “Umakay” muntazam yöl-patrul maskanida opiy giyohvand moddasini olib ketayotgan şaxs uşlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil 16 noyabr kuni Qaşqadaryo viloyat DXX va viloyat IIB xodimlari hamkorlikda Çiroqçi tumani “Umakay” yöl-patrul xizmati maskanida tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbir davomida Surxondaryo — Toşkent yönalişi böylab harakatlanib kelayotgan Cobalt maşinasi haydovçisi xodimlarda şubha uyğotgan. Maşina töxtatilibb tekşirişganida, uning salonidan salkam 100 gramm “opiy” giyohvand moddasi topilgan.
Dastlab suriştiruvda haydovçi qoradorini çoyga qöşib içişini, çekişni bilmasligini aytgan. Ammo nega yaşirinça olib ketayotganiga izoh bera olmagan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan tergovga qadar suriştiruv olib borilmoqda.












