Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida “Kamaz” yuk maşinasi va Gentra töqnaşgan. Oqibatda ikki kişi vafot etgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, bugun 2021 yil 27 noyabr kuni soat 14:30 larda M39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Dehqonobod tumani Bibiqorasoç mahallasi hududidan ötgan 1269-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Foto: Dehqonobod tumani hokimligi

Kitob tumanida yaşovçi haydovçi boşqaruvida bölgan Gentra Ğuzor—Termiz yönalişi böylab harakatlanayotib özidan oldinda bölgan avtobusni quvib ötiş uçun qarama-qarşi yönalişga çiqqan. Söng, röparadan kelayotgan Dehqonobod tumani Otqamar mahallasida yaşovçi fuqaro boşqaruvida bölgan “Kamaz" yuk maşinasi bilan töqnaşgan. 

Oqibatda, Gentra yölovçilari J.P. va Z.P. oğir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Haydovçi va yana bir yölovçi tan jarohatlari olib tuman şifoxonasiga yotqizilgan. Ularga tibbiy yordam körsatilgaç, yaşaş uyiga javob berilgan.