Uning ma'lum qilişiça, spektaklga BAA Federal milliy kengaşi spikeri Sakr Bin Gubaş Said Gubaş, Dubay hukumati mediaofisi boş direktori Mona Ganem Al Marri, BAA ijtimoiy rivojlaniş vaziri Hessa Bint Essa Buxumaid taşrif buyurdi.
“Yurtimiz madaniyati xorijda qançalik iliq, hayajon bilan qabul qilinayotganini körib ruhlanib ketaman. Biz jahon jamoatçiligiga eng asl durdonalarimizni taqdim etar ekanmiz, ular butun dunyoning mulkiga aylanadi.
Baletning xalqaro gastrollari boşlanmoqda. Birinçi bekat - Dubai Opera. Uning zafarli yuriş qilişiga işonçim komil. Şubhasiz, bu mamlakatimiz san'atining salohiyatini kengaytiriş, boy madaniyatini namoyon etiş va Özbekiston imijini yanada yuqori darajaga kötarişga yordam beradi”, deydi Saida Mirziyoyeva.


Ma'lumot uçun, Dubayda «Expo-2020» butunjahon körgazmasi bölib ötmoqda. Unda sönggi yillarda mamlakat ilmiy va iqtisodiy yutuqlari, madaniy merosi va sayyohlik salohiyati, şuningdek, Yangi Özbekistonni rivojlantiriş rejasi, investitsiya imkoniyatlari keng xalqaro jamoatçilikka namoyiş etilayotgan Özbekiston Milliy paviloni öz işini amalga oşirmoqda.
«EXPO 2020 Dubay»: Özbekiston BAAda keng kölamli madaniy dasturni taqdim etadi
Dubaydagi butunjahon körgazmasi faoliyati davomida Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi Özbekiston Milliy paviloni bilan hamkorlikda mamlakat madaniy va sayyohlik salohiyatini xalqaro maydonda ilgari surişga qaratilgan qator tadbirlarni taqdim etadi.

Öz navbatida, xalqaro auditoriyaga özbek xalqining asl an'analarini namoyiş etgan Xorazm raqsining mutlaqo yangi talqini taqdim etildi. «Lazgi – qalb va muhabbat raqsi» baletining sahnalaştirilişi Özbekiston baletini yangi bosqiçga olib çiqdi va ilk bor dunyo böylab sayohatini boşladi. Birinçi marta Özbekistonning eng maşhur raqslaridan biri, madaniy meros va tarixi «Dubai Opera» köp formatli san'at markazi sahnasida namoyiş etildi.

Xoreograf Raymondo Rebek tomonidan sahnalaştirilgan hamda Alişer Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri balet truppasi ijro etgan spektaklning ilk taqdimoti joriy yilning 5 sentyabr kuni Toşkentda, YuNESKO homiyligida bölib ötdi hamda professional hamjamiyatning yuksak e'tirofi va bahosiga sazovor böldi.

2019 yilning 12 dekabr kuni YuNeSKOning nomoddiy madaniy merosni muhofaza qiliş böyiça hukumatlararo qömitasi «Xorazm raqsi - lazgi»ni insoniyatning nomoddiy madaniy merosi vakillik röyxatiga kiritdi.












