
Dubaydagi «Expo-2020» butunjahon ko‘rgazmasida so‘nggi yillarda mamlakat ilmiy va iqtisodiy yutuqlari, madaniy merosi va sayyohlik salohiyati, shuningdek, Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish rejasi, investitsiya imkoniyatlari keng xalqaro jamoatchilikka namoyish etilayotgan O‘zbekiston Milliy paviloni o‘z ishini amalga oshirmoqda.
Dubaydagi butunjahon ko‘rgazmasi faoliyati davomida Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekiston Milliy paviloni bilan hamkorlikda mamlakat madaniy va sayyohlik salohiyatini xalqaro maydonda ilgari surishga qaratilgan qator tadbirlarni taqdim etadi.
«Expo 2020 Dubai» jahon ko‘rgazmasi 2022 yilning 31 martigacha bo‘lgan davrda butun dunyo bo‘ylab 25 millionga yaqin mehmonlarni qabul qilishi rejalashtirilgan.

Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi Kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva:
«Bugun O‘zbekiston dunyoga ochiq, ijobiy tajriba orttirishga tayyor hamda o‘z tajribasi bilan mamnuniyat ila o‘rtoqlashar ekan, yurtimizning madaniy salohiyatini xalqaro maydonda samarali targ‘ib etish uchun yangi poydevor qo‘ymoqdamiz. 2022 yilda O‘zbekiston va BAA o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlaymiz. Bu, bizni bir-birimizga ishonish, yangi yutuqlarga ilhomlantirish, turli darajalarda va sohalarda o‘zaro muloqot qilishni o‘rgatgan uch samarali o‘n yilliklar edi. Shuning uchun, O‘zbekistonni «EXPO 2020 Dubay» jahon ko‘rgazmasida ishtirok etishi — bu Birlashgan Arab Amirliklari-tashkilotchi mamlakat va boshqa ishtirokchi mamlakatlar bilan yuqori darajadagi muloqotga qo‘shimcha sur'at baxsh etadigan muhim voqeadir».
2021 yilning 27 noyabr. «Dubai Opera» sahnasida «Lazgi – qalb va muhabbat raqsi» baletining xalqaro taqdimoti
Xalqaro auditoriyaga o‘zbek xalqining asl an'analarini namoyish etgan Xorazm raqsining mutlaqo yangi talqini taqdim etiladi. «Lazgi – qalb va muhabbat raqsi» baletining sahnalashtirilishi O‘zbekiston baletini yangi bosqichga olib chiqdi va ilk bor dunyo bo‘ylab sayohatini boshlaydi. Birinchi marta O‘zbekistonning eng mashhur raqslaridan biri, madaniy meros va tarixi «Dubai Opera» ko‘p formatli san'at markazi sahnasida namoyish etiladi.




















