Özbekiston milliy jamoasining qişki yiğinlar doirasidagi navbatdagi raqibi nomi ma'lum böldi.
ÖFA matbuot xizmati xabariga köra, Yaponiyaga qarşi birinçi bellaşuv 21 yanvar kuni Tokiodagi «Saitama» stadionida bölib ötadi.
OFK kalendariga muvofiq, fevral oyidagi milliy jamoalar uçun belgilangan FIFA kunlarida Özbekiston milliy jamoasi Dubay şahrida öquv-maşğulot yiğini ötkazişni rejalaştirgan. Uşbu yiğin davomida Sreçko Katanets murabbiyligidagi Özbekiston milliy jamoasi Yangi Zelandiya milliy jamoasi bilan örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşadi. Mazkur bahs 2022 yilning 1 fevral kuni bölib ötadi.
- Eslatib ötamiz, Özbekiston milliy jamoasi Sreçko Katanets qöl ostida bungaça 4ta örtoqlik uçraşuvida Şvetsiya (1:2), Malayziya (5:1), Iordaniya (0:3) va Gruziyaga (0:1) qarşi safarda öyin ötkazgan va 3 mağlubiyat va 1 ğalaba qayd etgandi. Milliy jamoaning keyingi öyinlari ham Toşkent emas, Tokio va Dubayda ötkaziladi.
- Ma'lumot uçun, Yaponiya JÇ-2022 saralaşi sönggi bosqiçida guruhda 12 oçko bilan 2-örinni egallab turibdi va peşqadam Saudiya Arabistonidan 4 oçkoga ortda qolmoqda.











