Saida Mirziyoyeva Dubayda «Expo-2020» butunjahon körgazmasi doirasidagi Leadership Expo-2020 pavilonida Birlaşgan Arab Amirliklari davlat taraqqiyoti va kelajagi masalalari vaziri Oxud bint Xalfan Al-Rumi bilan uçraşdi.
«Aytiş kerakki, BAA — sönggi 50 yilda insonlar, ayniqsa, ayollar uçun xavfsiz hududga, dunyoning eng taraqqiy etgan mamlakatlaridan biriga aylandi. Uçraşuvda ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan fikr almaşdik, köplab sohalar böyiça özaro hamkorlik qiliş istiqbollarini muhokama qildik», deydi Mass-media fondi vasiylik kengaşi raisi örinbosari.

Uçraşuvda Oxud bint Xalfan Al-Rumi Luvrda bölib ötadigan Özbekiston körgazmasiga katta qiziqiş bildirayotganini ta'kidladi. U Jahon banki reytinglaridan birida boş islohotçi sifatida tilga olingan Özbekiston ajoyib yurt ekani va qadimiy şaharlarni köriş orzusida ekanini aytgan.
Şuningdek, Expo-2020 doirasida yana bir muhim uçraşuv BAAning xalqaro hamkorlik böyiça davlat vaziri, Expo-2020 boş direktori Rim Al-Hoşimiy bilan bölib ötdi.
«Expo-2020 Dubai xalqaro körgazmasining qamrovi va madaniy xilma-xilligi hayratga sazovordir. Bu global maydon 190dan ortiq mamlakatni jamladi», deydi Saida Mirziyoyeva.

Bundan taşqari, Mass-media fondi vasiylik kengaşi raisi örinbosari safar davomida BAA madaniyat va yoşlar işlari vaziri Nura Al-Kaabi bilan uçraşdi.
«Suhbat çoğida Özbekistonning Expo-2020 doirasida ötkaziladigan «Al-Burda» festivalidagi iştirokini muhokama qildik. Al-Kaabi xonim Özbekistonning Islom dunyosida örni muhim ekanini alohida ta'kidlab ötdi», deydi Saida Mirziyoyeva.
Mass-media fondi vasiylik kengaşi raisi örinbosari BMT Ayollar qömitasining Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy direktori va Turkiyadagi vakili Aliya Al-Yosir bilan ham uçraşuv ötkazdi.

«Aliya xonim Özbekistonning sönggi yillarda gender masalalarini hal etiş böyiça erişgan natijalariga yuqori baho berdi. U Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan qizlar uçun yozgi maktab yaratiş ğoyasini qöllab-quvvatladi, şuningdek, mamlakatimizda BMT Ayollar qömitasining vakolatxonasini oçişni taklif etdi», deyiladi Saida Mirziyoyevaning xabarida.
Avvalroq, Dubaydagi Dubai Opera sahnasida «Lazgi — qalb va muhabbat raqsi» balet postanovkasining xalqaro premerasi bölib ötgandi.
Ma'lumot uçun, Dubayda «Expo-2020» butunjahon körgazmasi bölib ötmoqda. Unda sönggi yillarda mamlakat ilmiy va iqtisodiy yutuqlari, madaniy merosi va sayyohlik salohiyati, şuningdek, Yangi Özbekistonni rivojlantiriş rejasi, investitsiya imkoniyatlari keng xalqaro jamoatçilikka namoyiş etilayotgan Özbekiston Milliy paviloni öz işini amalga oşirmoqda.












