Yonğin sababi hozirça noaniq. Şu bilan birga, töqayzor örmoni yonişi oqibatida heç kimga zarar yetmagan. Hayvonot va ösimlik dunyosiga yetkazilgan zarar esa hozirça hisoblanmagan.
Mazkur hududda öt öçiriş işlari 3 kundan beri davom etmoqda. Jarayonlarga 500 nafar odam, 10 dan ziyod texnika jalb qilingan. Ammo bir neça bor bartaraf qilinişiga qaramay, yonğin qayta alangalanib ketmoqda.
Ayni paytda yonğin Turkmaniston çegarasida joylaşgan «Nazarxon» OFYdagi uylarga ham yaqinlaşib qolgan. Hozirda yonğinni bartaraf qiliş işlari davom etmoqda.
Bir muddat oldin Qoraqalpoğistonda yil boşidan beri 498 yonğin sodir bölgani ma'lum qilingandi.
Kun.uz muxbiri ofat röy bergan joydan fotojamlanma taqdim etadi.














Şuhrat Saidahmadov, Kun.uz muxbiri
Montaj ustasi – Jahongir Aliboyev.










