Ta'kidlanişiça, tender hujjatlarida kuzatuv tizimini yaratiş böyiça rejalar batafsil bayon qilingan. Tizim yuzni tanuvçi 3 ming kamera yordamida Xenanga keluvçi barça “qiziqiş uyğotuvçi şaxslar” haqida alohida ma'lumotlarni töplay oladi. Kameralar turli qurilmalar, milliy va hududiy ma'lumotlar bazasiga ulanadi.
Mutaxassislar ma'lumotlariga köra, jumladan, uşbu videokuzatuv tizimi jamoat xavfsizligi idoralariga “nomaqbul” jurnalistlarni tezda topiş va ularning işiga tösqinlik qiliş rejasini ham taklif qiladi.
Tizimni işlab çiqiş böyiça 5 mln yuanlik (782 ming dollar) şartnoma 17 sentyabrda Xitoyning Neusoft texnologik kompaniyasi bilan tuzilgan. Şartnomaga köra, loyiha ustida işlar hujjat imzolangandan keyin 2 oy içida, ya'ni 17 noyabrda yakunlanişi kerak bölgan. Biroq Reuters uşbu tizim ayni vaqtda işga tuşirilgani yoki yöqligini aniqlay olmagan.












