Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi haydovçini mastligini aniqlaş uçun özining telpagidan foydalangani haqida xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan IIV YHXBB matbuot xizmati izoh berdi. Ma'lum bölişiça, joriy yilning noyabr oyida Nukus dehqon bozori oldida xizmat olib borayotgan YPX xodimi Z.Mamedov tomonidan "Matiz" rusumli avtomobil töxtatilgan.

YPX xodimi özaro muloqot vaqtida boş kiyimini yeçgan va haydovçidan puflaşini söragan.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV YHXB mas'ul xodimlari tomonidan xizmat tekşiruvi ötkazilmoqda.

Avvalroq Xöjaylida YPX xodimi haydovçiga qöl kötargandi.