Fransiya va Buyuk Britaniya örtasida migrantlar borasidagi uzoq yillik mojaro avj oldi. Bunga La-Manşni qayiqda suzib ötişga uriniş çoğida 27 kişi halok bölgani sabab böldi.

Muhojirlar Angliya janubi-şarqidagi Danjyeness şahri yaqinidagi qirğoqda Buyuk Britaniya qutqaruv xizmati kemasidan tuşmoqda. 24 noyabr
Ben Stansall / AFP / Scanpix / LETA


Böğozdagi inqiroz

24 noyabr kuni Buyuk Britaniya qirğoqlariga yöl olib, La-Manşni kesib ötmoqçi bölgan meşkob (şişirilgan qayiq) Fransiya sohillari yaqinida çökib ketdi. Fransiya sohil xizmati bir neça kişini qutqarişga muvaffaq bölsa-da, muhojirlarning 27 nafari çökib ketdi. Qurbonlar orasida uç nafar bola bölgan.

Fransuz politsiyasi migrantlarni noqonuniy taşişni taşkillaştirişda iştirok etişda gumon qilib, beş kişini qölga olgan. Ular «öta oğirlaştiruvçi holatlar bilan ehtiyotsizlik tufayli odam öldiriş»da ayblanmoqda.

25 noyabr kuni çökib ketgan qayiqdan Buyuk Britaniya çegaraçilari tomonidan qutqarilgan migrantlar Duvr portiga tuşdi
Stuart Brock / EPA / Scanpix / LETA

Uşbu hodisa rasmiy Parij va London örtasida Fransiyadan Buyuk Britaniyaga suzib boriş istagidagi muhojirlar masalasini qanday hal etiş borasida uzoq yillar davom etayotgan mojaro avj olişiga sabab böldi. Bloomberg La-Manşdagi fojia Parij va London munosabatlarining quyi nuqtasiga aylangani haqida yozdi.

BBC’ning xabar berişiça, joriy yil kuzida La-Manşni suzib ötiş orqali Fransiyadan Buyuk Britaniyaga qariyb 25 ming kişi kelgan. Bir yil avvalgi körsatkiç esa 10 mingdan kamroqni taşkil qilgandi. 12 noyabr kuni Birlaşgan Qirollikda bu sohada antirekord qayd etildi – böğoz orqali mamlakatga minglab migrantlar kelgan.

Böğozni bu yöl bilan kesib ötiş usuli şu darajada ommalaşganki, Decathlon sport dökoni tarmoqlari Kale va Fransiya şimolidagi boşqa şaharlardagi savdo nuqtalaridan kanoeni savdodan olib taşlaşga majbur böldi.

Buyuk Britaniya uçun ösib borayotgan migratsiya oqimi jiddiy muammo tuğdiradi. Mamlakat çegarani kesib ötgan va öz suv hududida qölga olinganlarni ortga qaytarib yubora olmaydi. Çunki Yevropa Ittifoqidan çiqqanidan keyin London heç bir YeI a'zosi bilan readmissiya kelişuvini imzolamagan.

25 noyabr kuni Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonson tvitterida e'lon qilgan xat bilan Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga murojaat qildi. Unda Jonson migratsion inqirozni hal qiliş böyiça bir neça taklifni ilgari surgan: masalan, böğoz va havo hududini hamkorlikda nazorat qiliş hamda La-Manşni kesib ötayotgan kemalarni aniqlaşda yuqori texnologik usullar, jumladan, radar va sensorlardan foydalaniş.

Jonson avvalgi takliflari, jumladan, patrul kemalarining ikki davlat suv hududlariga kirişiga ruxsat beriş va Buyuk Britaniya qirğoqlariga suzib kelgan migrantlarni Fransiyaga qaytarib yuboriş dasturi bajarilişiga erişişini alohida qayd etdi.

Parijda Jonsonning xatti-harakatlarini jiddiy norozilik bilan qarşilaşdi. Makronni hamkasbi unga şaxsan xat bilan murojaat qilmagani ğazablantirdi. «Bunday masalalar mamlakatlar yetakçilari bilan tvitter orqali yoki oçiq maktublar bilan hal etilmaydi», dedi bu vaqtda taşrif bilan Rimda bölib turgan Makron.

Şundan söng, Fransiya Buyuk Britaniya içki işlar vaziri Priti Patelga yuborilgan taklifnomani qaytarib oldi. U 28 noyabr kuni Kale şahrida migratsion inqiroz böyiça bölib ötadigan Yevropa Ittifoqi vazirlari uçraşuvida qatnaşişi kerak edi. Uçraşuv Germaniya, Niderlandiya, Belgiya va Yevrokomissiya iştirokida ötkazildi. Uning yakuniga köra, 1 dekabrdan boşlab Yevropa çegaralarni qöriqlaş xizmati aviatsiyasi tomonidan çegaralarni nazorat qilişni boşlaş qarori qabul qilindi (Frontex). London qaror qabul qilişda iştirok etmadi.

Financial Times naşrining yozişiça, fransuzlar Buyuk Britaniya Brexit tufayli yuzaga kelgan muammolar uçun javobgarlikni Makronga yuklaşga urinayotganidan norozi.

Britaniyalik amaldorlar esa, öz navbatida, Fransiya prezidentining murosasizligini izohlar ekan, aprel oyida u qayta saylaniş uçun kuraş olib borişi, şu munosabat bilan öz raqiblari bölgan millatçilarning tanqidlarini qaytarişiga töğri kelişini aytişmoqda.

Migrantlar guruhi La-Manşni kesib ötiş uçun Fransiya şimolidagi Vimre qirğoqlaridan suzib ketişmoqda. 2021 yilning 24 noyabr kuni.
Gonzalo Fuentes / Reuters / Scanpix / LETA

Financial Times’ning qayd etişiça, migrantlarni Fransiyaga qaytarib yuboriş taklifini fransuz tomoni bir neça marta rad etgan. Fransiya içki işlar vaziri Jyerald Darmanen sentabr oyida buni «şantaj» deb atagan; Parij Buyuk Britaniya bu masalani Yevropa Ittifoqi darajasida hal etişi kerakligini ta'kidlamoqda.

Baliq uçun uruş

Ikki mamlakat örtasida ziddiyat uyğotuvçi yana bir masala, baliq ovini litsenziyalaşdir. Ikki mamlakat iqtisodiyoti uçun (Buyuk Britaniyada tarmoqning YaIMdagi uluşi – 0,06 foiz, Fransiyada esa 0,1 foiz) baliq ovi katta rol öynamasa ham mazkur bahs juda muhim. Çunki Buyuk Britaniya va Fransiya örtasidagi keyinçalik savdo masalalarini hal qilişda pretsedent yuzaga keltirişi mumkin. Baliq ovi Brexit’dan keyin imzolangan savdo bitimi bilan tartibga solingan. Biroq uning qoidalarini turliça talqin etiş mumkin. Fransuz baliqçilari avvallari ham bu yerda ov bilan şuğullanganliklarini isbotlay olişsa, Normand orollari (Gernsi va Jyersi ham ular qatorida) suvlarida ovlaşga ruxsat berilgan.

Biroq kelişuvda qanday dalillar keltirilişi kerakligi aytilmagan. London GPS ma'lumotlarini talab qiladi. Bunday ma'lumotlarni esa kiçik baliq ovlaş kemalari taqdim eta olmaydi, çunki ular bunday apparatura bilan jihozlanmagan.

Şuning sababli ular baliq ovini davom ettiriş uçun litsenziya ololmaydi. Natijada Parij Londonni Brexit kelişuvlariga amal qilmaslikda ayblaydi. Politico ma'lumotlariga köra, bahs oz sonli litsenziyalar ustida ketmoqda – qariyb 55ta kema ana şunday litsenziyani kutmoqda. Baliqçilarning özi ham vaziyatni keskinlaştirmoqda: 26 noyabr kuni bir neça baliq ovlaş kemalari Buyuk Britaniyaning pozitsiyasiga qarşi çiqib, La-Manşni tösib qöydi.

REUTERS

Politico’ning yozişiça, bahsda ğalaba qozoniş Parij uçun muhim. Aks holda xavfli pretsedent yuzaga kelişidan prezident Makron jamoasidagilar xavfsiramoqda.

Fransiya boş vaziri Jan Kasteks Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyenga maktub yubordi. Xatda Buyuk Britaniyani «jazolaş» va Yevropa Ittifoqidan çiqiş muayyan oqibatlarni anglatişini körsatib qöyişga çaqirdi.

Makron boşqa çoralarni qöllaşga tayyor ekanini aytgan. Jumladan, agar baliqçilarga litsenziya beriş böyiça vaziyat hal etilmasa, Buyuk Britaniyadan keladigan yuk taşuvçilar ustidan nazorat örnatişga tayyor ekanini ham ma'lum qildi. Londonda bunday yondaşuv keskin tanqidlarga sabab böldi.

Migrantlar La-Manşni kesib ötmoqçi bölgan qayiq qoldiqlari
Johanna Geron / Reuters / Scanpix / LETA

Ikki mamlakat örtasidagi bahsli masala ortida nima bor?

The New York Times’ning ta'kidlaşiça, Makron uçun Buyuk Britaniya bilan kelişmovçilik içki siyosiy kontekstda muhim. 2022 yilning aprel oyida mamlakatda prezident saylovlari bölib ötadi. U esa yevroskeptiklarga Yevroittifoqdan çiqiş manfaatli emasligini isbotlaşi kerak. Saylovlarda yorqin iştirok etişi kutilayotgan öng populist Erik Zemmur Fransiyaning YeIdan çiqişi tarafdori. Makron saylovçilar köz oldida aynan şu ğoyani neytrallaştirişi talab etiladi.

Boris Jonson esa buning aksini isbotlaşi kerak. Financial Times’ning yozişiça, inglizlarning köpçiligi Brexit’ni xato qaror bölgan hisoblaydi. Fransiya bilan ziddiyat darajasining ortişi Parijni Buyuk Britaniyaga qarşi çoralar körişga majbur qilib, Jonsonga YeIdan çiqiş böyiça kelişuvlardagi kamçiliklarni yopib ketişga, xususan, qiş faslida kutilayotgan tovarlarni yetkaziş va narxlarning ösişi muammosini fransuzlarga ağdariş imkonini berardi. Şuningdek, Parij bilan qarama-qarşilik Jonsonga Şimoliy Irlandiya bilan bir tomonlama tartibda savdo kelişuvidagi bahsli tuzatişlari oğriqsiz hal etişga yordam berişi mumkin.

Fransiyaning Rossiyadagi, keyin esa Buyuk Britaniyadagi sobiq elçisi Silvi Brennanning The New York Times’ga aytişiça, Jonson Fransiyani mamlakat yuzma-yuz kelgan muammolar uçun aybdor qilişga urinmoqda. U uzoq masofaga yuk taşuvçilar yetişmasligi tufayli yonilği yetişmovçiligi bilan boğliq muammoni misol tariqasida keltirdi. «Biz ular (YeIda) qolişini istardik. Ular öz tanlovini amalga oşirdi, biroq biz uni hurmat qilamiz. Biroq endilikda afzalliklar va tölaqonli erkinlikdan foydalana olişmaydi», - dedi u.

Brennan Fransiya va Buyuk Britaniya örtasidagi munosabatlar keskinlaşişida AUKUS (Buyuk Britaniya, AQŞ va Avstraliya) mudofaa ittifoqiga asos solinişi ham sabab bölganini qayd etdi. Bu ittifoq Fransiyani Avstraliya uçun atom suv osti kemalarini quriş haqidagi şartnomasiz qoldirgandi. Uning sözlariga köra, bu Makronni kuçsizlantirdi va endi u Fransiya YeIda bir özi harakat qilayotgan Buyuk Britaniyaga qaraganda kuçli ekanini isbotlaşga urinadi.

Öz navbatida, Buyuk Britaniyaning Fransiyadagi sobiq elçisi Piter Uestmakott Buyuk Britaniyaning YeIdan çiqişi Fransiya uçun katta zarba bölganini aytmoqda. Çunki u ham Germaniya singari YeI siyosati uçun mas'ul bölgan «katta uçlik» mamlakatlariga kirgan. Buyuk Britaniyaning YeIdan çiqib ketişi ittifoqda mavjud kuçlar muvozanatini izdan çiqarib, yetakçilik huquqi uçun Parijni Berlin bilan raqib bölişga majbur qildi. Diplomatning qayd etişiça, Makron va Jonson örtasidagi özaro işonç darajasi juda past, ulardan biri lavozimini tark etmaguniça munosabatlar yaxşilanmaydi.