2021 yil 30 noyabrdagi qonun bilan “Suv va suvdan foydalaniş töğrisida”gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritildi.
Vazirlar Mahkamasining suv munosabatlarini tartibga soliş sohasidagi vakolatlari kengaytirildi. Xususan bu: suv xöjaligini rivojlantiriş, suvdan oqilona foydalaniş, suvdan samarali foydalaniş, suv tanqisligining salbiy ta'sirini yumşatişga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş, suv va suvdan foydalanişga doir boşqa dasturlarni tasdiqlaş; suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etişni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tartibini tasdiqlaş.
Şuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining suv munosabatlarini tartibga soliş sohasidagi vakolatlari quyidagilar bilan töldirildi: suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etiş böyiça aniq yönaltirilgan röyxatlarni şakllantiriş va tasdiqlaşda, şuningdek ularning amalga oşirilişini nazorat qilişda kömaklaşiş; suv iste'molçilari uyuşmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilişini ta'minlaş, suğoriş va kollektor-drenaj tarmoqlarini ta'mirlaş hamda tiklaş, tomorqa yerlariga suv yetkazib beriş tadbirlarini amalga oşirişda kömaklaşiş.
Suvdan foydalaniş va uni muhofaza qiliş ustidan davlat nazoratini quyidagilar amalga oşiradi: mahalliy davlat hokimiyati organlari; Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi; Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi; Soğliqni saqlaş vazirligi; Suv xöjaligi vazirligi; Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi huzuridagi Içimlik suvidan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi.
Suv iste'molçilari uyuşmalarining faoliyatini moliyalaştiriş öz a'zolarining har yillik a'zolik badallari, şartnoma asosida suv yetkazib berganlik va boşqa suv xöjaligi xizmatlari uçun tölovlar, şuningdek qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan amalga oşiriladi. Suv iste'molçilari uyuşmalari suvdan foydalaniş qoidalari buzilgan, suvdan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda, şuningdek limitdan ortiqça suv olingan, a'zolik badallari, suv yetkazib berganlik va boşqa suv xöjaligi xizmatlari uçun tölovlar öz vaqtida tölanmagan taqdirda, qonunning hamda şartnoma şartlarining aniqlangan buzilişlari bartaraf etilguniga qadar suv iste'molçilariga suv yetkazib berişni töxtatişga haqli.
Aniqlaştirilişiça, suv obektlari yoki ularning qismlari suvdan foydalaniş obektlari bölişi va qonunçilikda belgilangan tartibda DXŞ prinsiplari hamda boşqa şartlar asosida foydalanişga berilişi mumkin, bundan suv omborlari, sel-suv omborlari, şuningdek yirik va alohida muhim suv xöjaligi obektlari mustasno.












