Xalq ta'limi vaziri Baxtiyor Saidov Qoraqalpoğistonning Möynoq, Qönğirot va Qonliköl tumanlaridagi maktablarga bordi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi xabar berdi.  

1 dekabr kuni Xalq ta'limi vaziri Baxtiyor Saidov maktablarda yaratilgan şaroitlarni örganiş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasiga kelgan. Örganiş işlarini Qönğirot tumanidagi 33-maktabdan boşlagan.

Vazirning keyingi manzili uşbu tumandagi 490 öringa möljallangan 40-maktab böldi. Koeffitsiyenti yuqori bölgan va ayni paytda 1000 nafar öquvçi bilim olayotgan maktab uçun yangi bino qurilişini investitsiya dasturiga kiritiş hamda boşlanğiç sinf öquvçilarining bepul ovqatlanişi uçun şaroit yaratiş böyiça tuman hokimi bilan kelişib olgan.

Maktablardagi muammolarni örganiş Möynoq hududida davom etgan. Vazir Möynoq tumanidagi informatika va axborot texnologiyalarini çuqurlaştirib öqitişga ixtisoslaştirilgan 8-umumta'lim maktabiga borgan.

FOTO: Xalq ta'limi vazirligi

Baxtiyor Saidov ta'lim muassasa öquvçilari uçun barpo etilgan yotoqxonani tez fursatlarda jihozlar bilan ta'minlaş va keyinçalik iqtidorli bolalarni tanlab oliş orqali uni maktab-internatiga aylantirişni taklif qilgan. Maktabga kompyuter sinf jamlanmasi hamda elektron doska sovğa qilindi.

Şundan söng vazir Qonlikölda joylaşgan 24-umumta'lim maktabida bölgan. Homiylik mablağlari asosida qurilayotgan 180 örinli yangi maktab binosi közdan keçirilgan. Mazkur maktab binosining qurilişi ayni damda maktabning eski binosida tahsil olayotgan 101 nafar bolaning zamonaviy şaroitlarda ta'lim oliş imkoniyatini yaratadi.

FOTO: Xalq ta'limi vazirligi

Quriliş işlari yakuniga yetgaç, maktabga yuqori malakali öqituvçilarni jalb qiliş hamda iqtidorli bolalar uçun ixtisoslaşgan sinf oçiş takliflari ilgari surildi, deyiladi rasmiy xabarda.

Hozirda boşqa işga ötgan sobiq Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov Qoraqalpoğistonga joriy yilning sentabr oyida kelgandi.