Twitter va Facebook ijtimoiy tarmoqlari Pekinning ijtimoiy-siyosiy qaraşlarini tarqatgan 2,5 mingdan ortiq akkauntni öçirdi. Bu haqda The New York Times gazetasi xabar berdi.

Naşrning yozişiça, Twitter Xitoyning Şinjonda inson huquqlarini buzayotgani töğrisidagi ayblovlarni rad etiş bilan şuğullangan 2 mingdan ortiq akkauntni öçirgan. Bu akkauntlar Şinjonda olingan videoroliklarni joylaştirgan. Ularda bu joy “farovonlik va erkinlik hududi” deb e'tirof etilgan.

Facebook Uilson Edvards ismli öylab topilgan şveysariyalik biolog nomidan xabar tarqatgan 500dan ortiq akkauntni bloklaganini xabar qildi. Aslida mavjud bölmagan olim AQŞ JSSTning koronavirus kelib çiqişi bilan boğliq tekşiruvlariga aralaşayotganini ta'kidlagan. Şveytsariyaning Pekindagi elçixonasi “Uilson Edvards” ismli olim yöqligini ma'lum qilganidan söng Facebook uning akkaunti xabar tarqatilişidan 12 soat avval oçilganini aniqlagan.

Twitter va Facebook Xitoyda bloklangan. 

Vaşington Xitoyni Şinjonda ommaviy qatağonlar ötkazişda ayblab keladi. Pekin bu ayblovlarni rad etadi.