«Adolatsizlikka, haqoratga va ismim korrupsiya sözi bilan yonma-yon tilga olinişiga toqat qila olmayman», dedi sud zalida nutq sözlar ekan Saakaşvili. U bu gal ham oynali qafasda turib sudda iştirok etdi. Uni Goridagi harbiy hospitaldan sudga olib kelişdi. Siyosatçi u yerda 50 kun davom etgan oçlik isyonidan keyin tiklaniş jarayonini ötkazmoqda.

Saakaşvili özining prezidentlik davrida korrupsiyaga qarşi muvaffaqiyatli kuraşa olgani bilan maqtanadi va u öziga qarşi davlat pullarini özlaştiriş ayblovi qöyilgani şa'nining toptalişi deb qabul qilmoqda. 2010-yillarda paydo bölgan bu ayblovlar böyiça Saakaşvili lavozimdan ketgaç, 2014 yil iş oçilgan. Ammo ilk marta bu iş böyiça sud jarayonida ayblanuvçi sifatida sobiq prezidentning özi qatnaşdi.

Ayblovga köra gap 9 million lari (2,9 million dollar atrofida) haqida ketmoqda. Ya'ni Saakaşvili prezidentlik lavozimi vaqtida şunça pulni öz ehtiyojlari uçun işlatib yuborganlikda ayblanmoqda. Qoralovçi tomonning ma'lum qilişiça, bu sarflar sirli qolişini öşa vaqtda prezident qöriqçilari maxsus bölinmasini boşqargan va hozirda parlament deputati bölgan Teymuraz Janaşiya ta'minlagan. Janaşiyaning özi ham işga ayblanuvçi sifatida jalb etilgan va u ayblovni safsata deb atamoqda.

Saakaşvilining vakillari bu Gruziya hukumati uning nomini qora qiliş uçun amalga oşirayotgan navbatdagi ayblovlardan biri ekanini aytişmoqda. Ularning ikkitasi böyiça Saakaşvili sirtdan 6 yil qamoq jazosiga ham hukm qilingan.

«Şarmandali ayblovlar»

Saakaşvilining himoyaçisi sud jarayoni maksimal oçiq yoritilişi va jonli efirda olib berilişi uçun kuraşdi. Sud zalida nutq sözlar ekan Saakaşvili avvalo OAV vakillariga minnatdorçilik bildirdi. Siyosatçi özini Gruziya hukmron partiyasi asosçisi Bidzin Ivanişvili hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin buyurtmasi bilan taşkil etilgan qiynoqlar qurboni deb atadi.

«Mamlakatni yuqori darajada munosib namoyiş qilişga intilganim va şunçaki davolanganim uçun öğriday sud qilişmoqda», dedi mamlakat pullarini öz manfaati yölida işlatmaganiga qasam içar ekan Saakaşvili.

Botoksmi yoki muolaja?

Prokuratura aybloviga köra, Saakaşvili Britaniyadan 7ta pidjak sotib olgan va bu uçun davlat pullari sarflangan. Siyosatçining himoyaçilari bu ayblovni ham absurd deb ataşmoqda. Hukmron partiya vakillari esa çinakamiga «beldan pastga urib» navbatdagi ayblovni ilgari surişdi. Unga köra, Saakaşvili göyoki labi çiroyli körinişi uçun ularni Nyu-Yorkda botoks qildirgan.

«Afsonaviy botoks aybloviga keladigan bölsak, bu yolğondan boşqa narsa emas. Bu amaliyot olib borilgan klinikalardan ma'lumot olib köring-çi, bu muolaja bölganmikin yoki kosmetik operatsiyami? Menda 2008 yildan keyin teri kasalligi paydo bölgandi», dedi Saakaşvili.

Foto: Getty Images

Ayblovçi tomon Saakaşvili 2009 yil Nyu-Yorkda epilyatsiya va botoks uçun davlat pullaridan sarflagani, şuningdek, u sotib olgan pidjaklar çeki ham borligini aytgan. Biroq har qanday oddiy klinikalarda qilinişi mumkin bölgan bu amaliyot nega AQŞda amalga oşirilganiga izoh berilmagan.

Tailand. Ikki keça uçun 19 ming dollar

Ayblovlardan yana biri – Saakaşvilining Tailandga safari. Prokuror Georgiy Mujirining aytişiça, Saakaşvili u yerdagi mehmonxonada ikki keça qolib, 19 ming dollar tölagan. Şuningdek, prokuror bu taşrif davlat uçun qanday ahamiyatga egaligi borasida heç qanday hujjat topa olmaganini aytgan.

Saakaşvili bu ayblov böyiça ham özini oqlaşga harakat qilgan. Uning aytişiça, Rossiya öşa vaqtda ba'zi olisdagi orol davlatlarga Abxaziya va Osetiyani tan olişlari uçun pul taklif qilib yurgan.

«Bu vaqtda bizga Avstraliya hukumati yordam berdi. Ular mana şunday davlatlarning boş vazirlari yoki vazirlarini biror yerga yiğib, norasmiy uçraşuv taşkillaştirişni taklif qilişdi. Biz Tailandni tanladik. Kerakli odamlarni çaqirdik, ularga qimmatli sovğalar berdik. Bu uçun esa menda pul yöq edi. Ha, davlat pullari sarflandi, lekin mening ehtiyojim uçun emas, Abxaziya va Osetiya okkupatsiyasining oldini oliş uçun», dedi siyosatçi.

«Bugun guvoh böldikki, Saakaşvili öz ehtiyoji uçun işlatgani aytilgan pullar aslida davlatning norasmiy funksiyalari uçun işlatilgan», dedi Saakaşvilining advokatlaridan biri Beka Basiliya jurnalistlar bilan suhbatda. Qoralovçi tomon esa aksinça, Saakaşvili öz aybini tan oldi deb hisobladi.

Sud majlisi tugagandan keyin Mixail Saakaşvilini yana Goridagi hospitalga olib ketişdi. U 50 kunlik oçlikdan keyin hospitalda tiklaniş jarayonida bölib turibdi. Sobiq prezident davlat pullarini özlaştirgani ayblovi böyiça navbatdagi sud majlisi 27 dekabr kuni ötkaziladi. Saakaşvilini olib ketgan maxsus avtomobil sud binosidan çiqayotganda siyosatçining tarafdorlari tomonidan olqişlar bilan kuzatib qöyildi.