Hukumat qarori bilan noturar joylarda istiqomat qilayotgan, şuningdek, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolğiz onasi, yolğiz otasi yoki boşqa şaxslar qaramoğida bölgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta'minlaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Uy-joy şaroitini yaxşilaş istagida bölgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar özini özi boşqariş organi yoki tuman (şahar) mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimiga sörovnoma-ariza bilan murojaat qiladi.
Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta'minlaşga kömaklaşiş komissiyasi har çorakda (çorak birinçi oyining 15-kunigaça) xotin-qizlarning uy-joyga ehtiyojmandlik darajasini örganib çiqadi.
Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar komissiyaning tegişli qarori qabul qilingaç, köpi bilan 30 kundan oşmagan muddat içida ijtimoiy uy-joylarga ijara huquqi asosida vaqtinçalik joylaştiriladi.
Bunda: uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka krediti böyiça uy-joylarning hisoblangan qiymatining 15 foizi miqdorida boşlanğiç badal tölab beriladi; tuman (şahar) hokimligi komissiya qarori qabul qilingandan söng 20 kun içida ijtimoiy uy-joyga joylaştiriladigan xotin-qizlar bilan ijara şartnomasini tuzadi (köpi bilan 5 yil muddatga); ijara şartnomasi tuzilgandan keyin 5 kun içida ijtimoiy uy-joyni topşiriş – qabul qiliş dalolatnomasi tuziladi; dalolatnoma tuzilgaç, uy-joyga muhtoj xotin-qizlar 5 kun içida ijtimoiy uy-joyga joylaştiriladi.
Ijtimoiy uy-joylar munitsipal mulk huquqi asosida tuman (şahar) hokimligiga tegişli böladi va ular böyiça alohida hisob yuritiladi. Nogironligi bölgan şaxslar, keksa yoşdagi va özi harakatlana olmaydigan şaxslar ustuvor ravişda köp kvartirali uylarning birinçi qavatidagi ijtimoiy uy-joylarga joylaştiriladi.
Ijtimoiy uy-joydan foydalanganlik uçun ijara haqi uy-joy umumiy maydonidan kelib çiqib uning 1 kvadrat metri uçun: Toşkent şahrida 1 yilga BHMning 2 foizi; Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda 1 foizi miqdorida belgilanadi. Ijara şartnomasida belgilangan talablarga rioya etilişi yuzasidan har oyda bir marotaba monitoring olib boriladi.












