DW naşrining Litva milliy radio va televideniyesi - LRTʼga tayanib xabar berişiça, hukumat loyihani 30-sentabr kuni maʼqullagan.
Hujjat razvedka faoliyati va «gibrid operatsiyalar», jumladan, harbiy maşğulotlarni kuzatiş hamda qöşinlar harakatini nazorat qiliş imkoniyatlarini kamaytirişga qaratilgan.
Loyihaga köra, Rossiya va Belarus fuqarolari strategik obyektlarga yaqin hududlarda köçmas mulk xarid qila olmaydi. Ularning vaqtinçalik yoki doimiy yaşaş ruxsatnomasiga ega ekani istisno uçun asos bölmaydi. Biroq mulk meros orqali olingan holatlarga taqiq tatbiq etilmaydi.
Qonun loyihasi parlament - Seym tomonidan ham maʼqullansa, özgartişlar 2027-yil 1-yanvardan kuçga kiradi.
Litva Markaziy reyestrining joriy yil may oyidagi maʼlumotlariga köra, mamlakatda yaşaş ruxsatnomasiga ega 5 104 nafar Rossiya va 2 781 nafar Belarus fuqarosi köçmas mulk sotib olgan. Bu mulklarning ayrimlari strategik ahamiyatga ega obyektlar yaqinida joylaşgan.
Xabarda qayd etilişiça, Latviya va Finlandiyada şunga öxşaş çeklovlar amal qilmoqda. Estoniya ham bunday taqiqni joriy etişni rejalaştirmoqda.
Litva parlamenti aprel oxirida Rossiya va Belarus fuqarolariga nisbatan sanksiyalar töğrisidagi qonun amal qiliş muddatini 2027-yil 31-dekabrgaça uzaytirgan edi. Yangi loyiha köçmas mulk xaridiga doir çeklovlarni yaşaş ruxsatnomasi bor şaxslarga ham kengaytirişni nazarda tutmoqda.













