Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga har kuni dahşatli YTHga uçragan bemorlar olib kelinadi. Bu yerda yoş bolalar “avariya” sabab koma holatida yotibdi, köplab bemorlar singan tana a'zolari oğriğidan azoblanyapti. Kun.uz haydovçi va piyodalarni ogohlikka çorlaş maqsadida şifoxonadagi odatiy holatni omma e'tiboriga havola etadi.
Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazida bir qança kasalliklar böyiça tez tibbiy yordam körsatiş barobarida yöl-transport hodisalariga uçragan oğir ahvoldagi bemorlar samarali davolab kelinmoqda.
Kun.uz muxbiri Toşkent şahar YHXB axborot xizmati boşliği Qahramon Xudayberganov bilan markazning Travmatologiya hamda Bolalar jarohatlari xirurgiyasi va neyroxirurgiya bölimlarida bölib, içkaridagi vaziyatni örgandi.
Foto: Kun.uz
YTH sabab oğir jarohatlangan bemorlar davolanayotgan mazkur bölimlarda kimlardir koma holatida, ayrimlar esa avtomobil bilan töqnaşuvdan sinib ketgan tana a'zolari oğriğidan azobda. “Hammasi bir lahzada yuz berdi”, deydi avtomobil bilan töqnaşuv natijasida oyoq-qöli, qovurğalari singan va miyasi çayqalgan bemorlardan biri.
Erkin Valiyev / Foto: Kun.uz
Şifokor-travmatolog Erkin Valiyevning aytişiça, bemor Alişer Daliyev yuk maşinasi haydab ketayotib rulda uxlab qolgan va borib yuk maşinasiga urilgan.
“Uning oyoq panjasi, boldir va tos suyaklari singan, kökrak qafasi va boşi jarohatlangan”, deydi Travmatologiya bölimi boşliği.
Foto: Kun.uz
“Rulda uxlab qoldim va oldimda ketayotgan yuk maşinasiga urildim. Keyin ortimdan kelayotgan maşinalar töxtab, odamlar “tez yordam” çaqirişdi va kasalxonaga olib kelişdi. Hozir ahvolim ança yaxşi. Kam dam olganim sababli rulda uxlab qoldim. Kuniga 12-18 soat maşina haydayman”, dedi haydovçining özi.
Foto: Kun.uz
Ayni paytda bir qança salbiy taşxislar bilan davolanayotgan Mirkomil Mirzaydboyev avtomobil yölini belgilanmagan joydan piyoda kesib ötayotganda halokatga uçragan.
“14 noyabr kuni keçki payt soat 21:30 da köçadan ötayotgan joyimda bir maşina urib ketdi. Yaqinlarim kasalxonaga olib kelişdi. Şifokorlar miya çayqalişi, qölimning 3 ta joyi singanini aytişdi. Operatsiyalar ötkazildi. Hozir ahvolim nisbatan yaxşi”, deydi u.
Toşkent şahar YHXB axborot xizmati boşliği Qahramon Xudayberganov belgilanmagan joydan ötmoqçi bölgan piyodalar bilan boğliq YTHlar yil boşidan beri 50 marta yuz berganini, oqibatda 5 kişi hayotdan köz yumganini aytdi.
Qahramon Xudayberganov / Foto: Kun.uz
“2021 yil yanvar-noyabr oylarida tartibga solingan piyodalar ötiş joylarida 85 ta YTH qayd etilgan va oqibatda 14 nafar inson halok bölgan, 76 kişi jarohatlangan”, deydi u.
Ma'lumotlarga köra, 2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida respublikada 7 681 ta yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Oqibatda 1 964 kişi vafot etgan, 6 886 nafar inson jarohatlangan. YTH iştirokçilarining 3 441 nafari piyodalar, 1 268 nafari esa bolalar hissasiga töğri kelgan.
Markazning Bolalar jarohatlari xirurgiyasi va neyroxirurgiya bölimida YTH sababli koma holatida yotgan bolalar bir neçta. Ularning hayotga qaytişi noma'lumligiça qolmoqda.
Malika Muhammedova / Foto: Kun.uz
Ayni paytda huşsiz holatdagi bemor 4 yoşli Marjona Muhammedovaning onasi Malika Muhammedova farzandi bilan yuz bergan YTH haqida gapirib berdi.
“14 sentyabrda boğçadan çiqib yöldan ötayotganimizda qizimni Spark urib ketdi. Rulda ayol kişi edi. Qizimni boş miya çanoği maydalanib ketgan, suyak singanda miya pardasini yirtib yuborgan ekan. Maşina bosib ötganda öpkasi ezilgan. Qovurğa singani hisobiga qora taloqni yorib yuborgan. Operatsiya jarayonida qora taloğini olib taşlaşdi.
Ötgan 3 oy içida bolamning boşini 3 marta operatsiya qilişdi. Hali ham öziga kelgani yöq. Haydovçilarni yaxşilab öqitib, sinab körib, keyin “prava” beriş kerak. Bu darajada köp “avariya” böladi deb öylamagan edim. Şu yerga kelib kördimki, “avariya”lar juda köp bölar ekan. Ota-onalardan bolalarining qölidan uşlab yöldan olib ötişlarini sörab qolardim”, dedi ğamgin ona.
Umuman olganda, şifoxonadagi bemorlar jonidan ötayotgan oğriqlar, közlaridagi ma'yuslik inson yuragini ezib yuboradi. Bunday musibatlar, afsuski, yuqoridagi raqamlarda köringanidek, yiliga bir neça minglab marta takrorlanmoqda.
Köpinça haydovçilarning yöl qoidalariga amal qilmasligi piyodalarni azobli oğriqlarga duçor etyapti. Bu insonlar dard çekişi ortidan birgina özlari emas, yaqinlari ham iztirobda.
YTHlar soni haddan taşqari köpligiga, bizningça, haydovçilarda bilim yetarli bölmasa-da, ularga haydovçilik guvohnomasining berilişi, imtihonlar şaffof va işonçli ötkazilmagani, tizimdagi korrupsiya sabab bölmoqda.
Kimlarningdir yöl qöygan kamçiligi yoki çöntagini öylab qilgan noqonuniy xatti-harakati tufayli minglab insonlar aziyat çekmoqda. Qolaversa, respublikada avtomobillar sonining yiliga 300 mingtaga ortib borayotgani va ularni xavfsiz yöllar bilan ta'minlaş çoralari körilmayotgani muammoni yanada çigallaştirmoqda.
Albatta, ta'lim sohasi yoşlarga yölda harakatlaniş madaniyatini şakllantirişda oqsayotganini ham ta'kidlaş örinli. Umuman olganda, yuqoridagi tizimli muammolar öz vaqtida hal etilmas ekan, beayb odamlar azob çekişda davom etaveradi, ota-ona farzandidan, bolalar ota-onasidan ayrilaveradi yoki ularni mayib holida körib yuragi yezilaveradi.
Hurmatli va hurmatsiz qoidabuzar haydovçilar! Yöl-harakati qoidalariga amal qiling! Özingiz, atrofdagilar hayoti va soğliği sizga boğliqligini unutmang.
Islombek Umaraliyev, Kun.uz muxbiri Tasvirçi va montaj ustasi: Abduqodir Tölqinov
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi