AQŞning bir neçta ştatlarida tornado sodir böldi, deb xabar berdi kfvs12 kanali.

Xabarga köra, tabiiy ofat oqibatida Tennessi ştatida uç kişi, Arkanzasdagi qariyalar uyida bir kişi halok bölgan. 

Bundan taşqari, Amazon kompaniyasining Illinoysdagi omborida tom qulaşi oqibatida işçilar guruhi içkarida qamalib qolgani aytilmoqda.

Kentukkida tornado qurbonlari soni kamida 50 nafarni taşkil etişi mumkinligi xabar qilingan.

«Kentukkida 50dan ortiq inson halok böldi deb qörqaman. Qurbonlar soni 70-100 kişini taşkil etişi mumkin, bu dahşat»,— degan ştat gubernatori Endryu Grem Beşir.